Главная » Yangiliklar » PAXTA XOM AShYoSI UChUN NARXLARI BELGILANDI
PAXTA XOM AShYoSI UChUN NARXLARI BELGILANDI

PAXTA XOM AShYoSI UChUN NARXLARI BELGILANDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: PAXTA XOM AShYoSI UChUN NARXLARI BELGILANDI
  • Дата релиза: 25-09-17, 13:28
PAXTA XOM AShYoSI UChUN NARXLARI BELGILANDI
Vazirlar mahkamasining “2017 yil hosili paxta xom ashyosining xarid narxlari to`g`risida”gi qaroriga asosan qo`lda terilgan paxta xom ashyosining 1 kilogrammi uchun birinchi bosqichda — 450 so`mdan, ikkinchi bosqichda 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab — 500 so`mdan to`lash; mashinada terilgan paxta xom ashyosining 1 tonnasi uchun 260 000 so`mdan to`lanadi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki «O`zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi, «Agrobank» ATB va boshqa tijorat banklari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda
paxta yig`im-terimida, uni tashishda va tayyorlashda qatnashayotgan xodimlarga ish haqining o`z vaqtida to`lanishini ta`minlashi belgilandi.
Paxta etishtiruvchi fermer xo`jaliklariga amalda topshirilgan paxta xom ashyosi uchun terimchilarga terim pullarini ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat bo`lganda esa — har kuni to`lash tavsiya etilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: