Главная » Yangiliklar » ​“Paxtakor” stadioni qaytadan quriladi
​“Paxtakor” stadioni qaytadan quriladi

​“Paxtakor” stadioni qaytadan quriladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​“Paxtakor” stadioni qaytadan quriladi
  • Дата релиза: 12-07-17, 15:53
​“Paxtakor” stadioni qaytadan quriladi
“Paxtakor” klubining hozirgi stadioni buzilib, o`rniga ikki yil ichida yangisi bunyod etiladi, deb xabar beradi “kommersant.uz”.

Klub prezidenti Bobur Shodievning so`zlariga ko`ra, yangi stadion 30 ming nafargacha tomoshabinni sig`dira oladi. U zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilib, respublikadagi to`liq yopiq ikkinchi futbol stadioni bo`ladi.

Yangi stadion loyihasi yaqin vaqtda hukumatga ko`rib chiqish uchun taqdim etiladi. Uning qiymati va moliyalashtirish manbalari e`lon qilinmayapti.

Klub matbuot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, “Paxtakor” klubi “Jar” sport majmuini 2018 yil oxiriga qadar ijaraga olgan. Jamoa o`zining mashg`ulotlarini mana shu maydonda o`tkazadi.

“Paxtakor” stadioni qurilishi 1956 yilda yakunlangandi. Hozirda u 35 ming tomoshabinga mo`ljallangan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: