Главная » Yangiliklar » PEDAGOGIKA YO`NALIShIDA O`QIShGA KIROLMAGAN 750 NAFAR ABITURIENT ChIRChIQ DAVLAT PEDOGOGIKA INSTITUTI TALABASIGA AYLANADI
PEDAGOGIKA YO`NALIShIDA O`QIShGA KIROLMAGAN 750 NAFAR ABITURIENT ChIRChIQ DAVLAT PEDOGOGIKA INSTITUTI TALABASIGA AYLANADI

PEDAGOGIKA YO`NALIShIDA O`QIShGA KIROLMAGAN 750 NAFAR ABITURIENT ChIRChIQ DAVLAT PEDOGOGIKA INSTITUTI TALABASIGA AYLANADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: PEDAGOGIKA YO`NALIShIDA O`QIShGA KIROLMAGAN 750 NAFAR ABITURIENT ChIRChIQ DAVLAT PEDOGOGIKA INSTITUTI TALABASIGA AYLANADI
  • Дата релиза: 16-08-17, 17:48
PEDAGOGIKA YO`NALIShIDA O`QIShGA KIROLMAGAN 750 NAFAR ABITURIENT ChIRChIQ DAVLAT PEDOGOGIKA INSTITUTI TALABASIGA AYLANADI
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3152-sonli Qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi 2017/2018 o`quv yili uchun Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalari kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan, ushbu viloyat tumanlaridagi ta`lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta`lim muassasalariga belgilangan to`lov-kontrakt kvotalari doirasida o`qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta`lim yo`nalishlari abiturientlari hisobidan shakllantiradi.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiga 2017/2018 o`quv yili uchun talabalar o`qishga amaldagi bazaviy to`lov-kontrakt miqdori bo`yicha tasdiqlangan kvota doirasida qabul qilinadi.

Tasdiqlangan kvotaga ko`ra mazkur oliy o`quv yurtiga joriy yilda jami 20 ta yo`nalishda 750 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan.

Davlat komissiyasi Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta`lim muassasalariga belgilangan to`lov-kontrakt kvotalari doirasida o`qishga qabul qilinmagan abiturientlar orasidan viloyat tumanlari ta`lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda belgilangan kvota (750 nafar) doirasida ballar ketma-ketligida saralanadi va Institut qabul komissiyasiga taqdim etadi, deb xabar beradi Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi Davlat komissiyasi tomonidan saralab olingan abiturientlarga xabar beradi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: