Главная » Yangiliklar » ​​Pensioner o`zining garajidan 15 mln dollarli surat topib oldi
​​Pensioner o`zining garajidan 15 mln dollarli surat topib oldi

​​Pensioner o`zining garajidan 15 mln dollarli surat topib oldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​​Pensioner o`zining garajidan 15 mln dollarli surat topib oldi
  • Дата релиза: 14-06-17, 11:31
​​Pensioner o`zining garajidan 15 mln dollarli surat topib oldi
Amerikalik pensioner tasodifan qiymati 15 mln dollar bo`lgan san`at asarining egasiga aylandi.

Arizona shtatining Skotsdeyl shahrida yashovchi fuqaro ko`chishga hozirlik ko`rayotgan chog`ida garajdagi axlat uyumlar ichidan surat topib oldi. Keyinchalik ekspertlar bu rassom Jekson Pollokning yo`qolgan asari ekanligini aniqlashdi.

Topilma joyiga auksion uylaridan birining egasi Josh Levin etib keldi. Dastavval u topilmani bor yo`g`i 300 dollarga baholadi, ammo batafsil tahlildan so`ng suratning qiymati ming marta kattaligi aniqlandi.

San`at asarini tiklashga ikki hafta va 50 ming dollar sarflanadi.

Restavrasiyadan so`ng surat 20 iyun kuni bo`lib o`tadigan auksion savdosiga qo`yiladi. Uning dastlabki bahosi 5 million dollar, ammo Levin uning so`nggi bahosi 10 dan 15 milliongacha bo`lishini kutmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: