Главная » Yangiliklar » Pensiya to`lovlari “O`zbekiston pochtasi”dan Xalq bankiga o`tkaziladi
Pensiya to`lovlari “O`zbekiston pochtasi”dan Xalq bankiga o`tkaziladi

Pensiya to`lovlari “O`zbekiston pochtasi”dan Xalq bankiga o`tkaziladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Pensiya to`lovlari “O`zbekiston pochtasi”dan Xalq bankiga o`tkaziladi
  • Дата релиза: 19-03-17, 21:19
Pensiya to`lovlari “O`zbekiston pochtasi”dan Xalq bankiga o`tkaziladi
2017 yilning iyul oyiga qadar Moliya vazirligining byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi tomondan naqd pul shaklida to`lanadigan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa kompensasiya to`lovlari bosqichma-bosqich “O`zbekiston pochtasi”dan Xalq banki bo`limlariga o`tkaziladi.

Mazkur masala Prezidentmizning 13 martdagi “Pensiya va nafaqalarni to`lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, deya xabar berdi Markaziy bank.

Pensionerlarga qulaylik yaratish maqsadida naqd pul to`lovi shaklida beriladigan pensiya mahalla ma`muriyati binosida ochiladigan kassalarda tarqatiladi.

Mustaqil harakatlana olmaydigan pensiya va nafaqa oluvchi shaxslarga ularning naqd pul shaklidagi pensiya va nafaqalari Xalq banki tomondan uylariga olib borib beriladi.

Har oyning 27 sanasiga qadar Markaziy bank Xalq bankining buyurtmasiga asosan uzluksiz ravishda pensiya va nafaqalarni to`lash uchun kerakli mablag`ni etkazib beradi.

Pensiya jamg`armasi Xalq banki bilan hamkorlikda aholini pensiya va anfaqa bilan tayinlanishini nazorat qilish maqsadida onlayn tartibidagi SMS axborot xizmatini ham taqdim etadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: