Главная » Yangiliklar » PENSIYaM KAM, QAYTA HISOBLATISh MUMKINMI?
PENSIYaM KAM, QAYTA HISOBLATISh MUMKINMI?

PENSIYaM KAM, QAYTA HISOBLATISh MUMKINMI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: PENSIYaM KAM, QAYTA HISOBLATISh MUMKINMI?
  • Дата релиза: 27-10-17, 18:27
PENSIYaM KAM, QAYTA HISOBLATISh MUMKINMI?
— Turli sohalarda mehnat qildim. Ikkita farzandimning tug`ruq ta`tilini qo`shib, jami 30 yillik ish staji hisoblandi. Pensiya tayinlanayotganida esa oxirgi ish joyimdagi so`nggi 5 yillik olindi. hozir 240.000 ming so`m pensiya olaman. Pensiyam kam bo`lganligi bois qayta hisoblatishim mumkinmi?

— «Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida» gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq, pensiyani hisoblab chiqarish uchun ishdagi mavjud tanaffuslardan qat`iy nazar, oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket 5yildagi ish haqi olinadi. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida» gi Nizomning 87-bandiga asosan bola parvarishlash ta`tillarida bo`lish munosabati bilan mehnat faoliyati amalga oshirilmagan vaqt ish haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi o`n yillik davriga kiritilmaydi, ya`ni boshqa yillar bilan almashtiriladi. Yuqoridagilarni e`tiborga olib, pensiya miqdorini qayta hisoblash mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: