Главная » Yangiliklar » Pentagon xakerlarni tarmoqdagi zaifliklarni qidirishning arzon vositasi deb atadi
Pentagon xakerlarni tarmoqdagi zaifliklarni qidirishning arzon vositasi deb atadi

Pentagon xakerlarni tarmoqdagi zaifliklarni qidirishning arzon vositasi deb atadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Pentagon xakerlarni tarmoqdagi zaifliklarni qidirishning arzon vositasi deb atadi
  • Дата релиза: 19-06-16, 13:02
Pentagon xakerlarni tarmoqdagi zaifliklarni qidirishning arzon vositasi deb atadi
Xakerlar turli tarmoq resurslarida zaifliklarni qidirish uchun nisbatan arzon vosita hisoblanadi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter ma’lum qildi, deb yozadi N+1. Uning so‘zlariga qaraganda, ishtirokchilarga tarmoq resurslarini buzib kirishga urinish vazifasi qo‘yiladigan tanlovlar o‘tkazish harbiylarga tijoriy mutaxassislarni taklif qilgandan ko‘ra ancha arzonga tushadi. Joriy yilning mayida “Pentagonga buzib kir” tanlovi yakunlandi, uni o‘tkazishga harbiylar 150 ming dollar sarfladi. Mablag‘ning yarmi g‘oliblarga mukofot pulini to‘lashga ketdi. “Bu kichik summa emas, lekin biz odatdagidek standart yo‘ldan borib, xavfsizlikni baholash va zaifliklarni topish uchun firmani chaqirganimizda, bu bizga bir million dollardan ziyodga tushardi”, — dedi Karter.
Логин:
Пароль: