Главная » Yangiliklar » Politsiya Kristina Grimmining qotili kim ekanligini oshkor etdi
Politsiya Kristina Grimmining qotili kim ekanligini oshkor etdi

Politsiya Kristina Grimmining qotili kim ekanligini oshkor etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Politsiya Kristina Grimmining qotili kim ekanligini oshkor etdi
  • Дата релиза: 12-06-16, 22:54
Politsiya Kristina Grimmining qotili kim ekanligini oshkor etdi
Orlando (Florida shtati, AQSh) politsiyasi kecha, 11-iyun kuni xonanda Kristina Grimmini otib ketgan shaxsning ismini oshkor etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. Orlando politsiyasi rahbari Jon Minaning ma’lum qilishicha, qotil Sent-Petersburg shahrida istiqomat qilgan 27 yoshli Kevin Loybldir. Qotillik motivlari hanuzgacha o‘rganilgan emas. Ilgariroq Grimmi Orlandodagi konsertidan so‘ng noma’lum shaxs tomonidan otib ketilgani xabar qilingan edi. Grimmi va Before You Exit guruhi a’zolari konsertdan so‘ng muxlislarga dastxat berayotgan edi. Shu payt noma’lum erkak qo‘shiqchiga qarata o‘q uzdi. Kristinaning akasi jinoyatchini ushlab qolishga harakat qildi, ammo qotil o‘zini ham otib o‘ldirdi. Shifoxonaga shoshilinch olib ketilgan 22 yoshli qo‘shiqchi bir necha soatdan so‘ng hushiga kelmay olamdan o‘tdi.
Логин:
Пароль: