Главная » Yangiliklar » Poroshenko muxlislarga Qrim futbolini Rossiyaga berib qo‘ymaslikni va’da berdi
Poroshenko muxlislarga Qrim futbolini Rossiyaga berib qo‘ymaslikni va’da berdi

Poroshenko muxlislarga Qrim futbolini Rossiyaga berib qo‘ymaslikni va’da berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Poroshenko muxlislarga Qrim futbolini Rossiyaga berib qo‘ymaslikni va’da berdi
  • Дата релиза: 22-11-14, 21:10
Poroshenko muxlislarga Qrim futbolini Rossiyaga berib qo‘ymaslikni va’da berdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko UEFA prezidenti Mishel Platini bilan uchrashuvidan keyin muxlislarga Qrim futbol klublari Rossiyaga berilmasligini va’da berdi, deb xabar bermoqda“ Korrespondent.net”.“Men ularga Rossiya chempionati Qrimda o‘tkazilmasligi uchun kurashishga va’da berdim. Chunki bu bizning yerlarimiz”, dedi Poroshenko. Platini esa UEFA bu masala bo‘yicha ishchi guruh tuzganini, yakuniy qaror 4-dekabr kuni Lozannada bo‘lib o‘tadigan rahbariyat majlisida qabul qilinishini aytib o‘tgan.
 Avvalroq, Platini Kiyevga tashrifi davomida Poroshenko bilan ko‘rishib, Ukrainani Rossiya chempionatida ishtirok etayotgan Qrim klublarini tan olishga ko‘ndirishni maqsad qilgani xabar berilganedi.

Логин:
Пароль: