Главная » Yangiliklar » Poytaxtda Yangi yilning bosh archasi o'rnatiladigan joy o'zgardi
Poytaxtda Yangi yilning bosh archasi o'rnatiladigan joy o'zgardi

Poytaxtda Yangi yilning bosh archasi o'rnatiladigan joy o'zgardi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Poytaxtda Yangi yilning bosh archasi o'rnatiladigan joy o'zgardi
  • Дата релиза: 10-12-18, 13:09
Poytaxtda Yangi yilning bosh archasi o'rnatiladigan joy o'zgardi
Yangi yilning asosiy archasi poytaxtimizning bosh maydoni – Mustaqillik maydonida o`rnatilishiga ko`nikib qolgan edik. Ammo so`nggi ikki yilda Bosh archa "Anhor-Lokomotiv" istirohat bog`iga o`rnatildi.

Bu yil esa yurtdoshlarimiz Yangi yil bayramining asosiy tantanalarini yangi manzil – Mustaqillik shoh ko`chasida, ya`ni Yoshlar ijodiyot saroyining orqa tomonidagi ochiq maydonda qarshi olishadigan bo`ldi.

Bu xabarni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ham tasdiqladi, deb yozmoqda O`zA. Kecha ertalabdan Mustaqillik shoh ko`chasiga Yangi yil bayramining bosh archasini o`rnatish ishlari boshlab yuborildi.

Bundan tashqari Yangi yil archasi poytaxtimizning yana oltita nuqtasida paydo bo`ladi.


Toshkent shahar hokimligi ma`muriyati bayramgacha Toshkent yanada yorqin va chiroyli bo`lishiga ishontirmoqda.
Eslatib o`tamiz , joriy yil ham yurtdoshlarimiz Yangi yil bayrami munosabati bilan 30 dekabrdan to 3 yanvarga qadar dam olishadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: