Главная » Yangiliklar » ​PREZIDENT PEDAGOG KADRLARNI TAYYoRLASh TIZIMINI YaXShILAMOQChI
​PREZIDENT PEDAGOG KADRLARNI TAYYoRLASh TIZIMINI YaXShILAMOQChI

​PREZIDENT PEDAGOG KADRLARNI TAYYoRLASh TIZIMINI YaXShILAMOQChI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​PREZIDENT PEDAGOG KADRLARNI TAYYoRLASh TIZIMINI YaXShILAMOQChI
  • Дата релиза: 27-09-17, 15:34
​PREZIDENT PEDAGOG KADRLARNI TAYYoRLASh TIZIMINI YaXShILAMOQChI
O`zbekiston Prezidenti Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida qarorga imzo chekdi.

Amaldagi tartibga asosan xalq ta`limi muassasalari pedagoglari kamida 5 yilda bir marotaba o`z malakalarini oshiradilar. O`qituvchilar malaka oshirish davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o`quv fani bo`yicha erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o`rganib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo`lgan holda ularni amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar.

Shu bilan birga, xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati, dars berish sifati bugungi kun talablariga javob bermayapti. Xodimlar ilmiy izlanishlar bilan shug`ullanmaydi, ularning faoliyatini tashqi baholash tizimi samarali yo`lga qo`yilmagan.

Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, ularning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish maqsadida Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo`qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tasarrufiga beriladi.

Qarorga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini tegishli hududdagi oliy ta`lim muassasalari tasarrufiga berish hamda ular negizida Xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari tashkil etiladi.

Hududiy markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

xalq ta`limi xodimlarining metodik ehtiyojlarini to`laqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg`or shakl va usullarini joriy etish;

xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha ta`lim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o`quv-metodik ishlarni olib borish ko`nikmalarini rivojlantirish;

masofadan o`qitish usullari asosida xalq ta`limi muassasalari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o`quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o`quv mashg`ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish;

tegishli yo`nalishlar bo`yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo`yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish hamda ular bo`yicha zamonaviy metodik, axborot-ma`lumotnoma bazasini yaratish;

buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha ta`lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib borish;

o`quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan o`zaro samarali hamkorligini ta`minlash, xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashg`ulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta`lim muassasalarida tashkil etish;

innovasion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo`llashni, masofadan o`qitishni, mustaqil ta`lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnikava texnologiyalarni ta`lim tizimiga joriy etish.

Bugungi kunda xalq ta`limi tizimida jami 4916 ta maktabgacha ta`lim muassasasi, 9680 ta umumiy o`rta ta`lim maktabi, 211 ta "Barkamol avlod" markazi mavjud bo`lib, ularda jami 400 ming nafardan ortiq pedagog xodim faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash bo`yicha 5 ta davlat pedagogika instituti, xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha 14 ta hududiy institut faoliyat ko`rsatmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: