Главная » Yangiliklar » ​Prezident Qarori bilan GM Uzbekistan avtomobillari ichki bozorda so`mga sotiladi
​Prezident Qarori bilan GM Uzbekistan avtomobillari ichki bozorda so`mga sotiladi

​Prezident Qarori bilan GM Uzbekistan avtomobillari ichki bozorda so`mga sotiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Prezident Qarori bilan GM Uzbekistan avtomobillari ichki bozorda so`mga sotiladi
  • Дата релиза: 30-05-17, 10:29
​Prezident Qarori bilan GM Uzbekistan avtomobillari ichki bozorda so`mga sotiladi
26 may kuni “Jeneral Motors O`zbekiston” AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga narxlar shakllanishini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Qarorga ko`ra, “Jeneral Motors O`zbekiston” AJning ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlariga narxlar shakllanish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda “O`zavtosanoat” AKning 2017 yilning 1 iyunidan boshlab “Jeneral Motors O`zbekiston” AJning barcha avtomobil modellarini ichki bozorda milliy valyuta – so`mga sotishga o`tish to`g`risidagi takliflariga rozilik berildi.

“O`zavtosanoat” AK 2017 yilning 1 iyunigacha tuzilgan shartnomalar bo`yicha engil avtomobillar etkazib berish va to`lovlarni qabul qilish, shartnomalarda nazarda tutilgan qat`iy shartlar va belgilangan muddatlarda to`lovlarni xalqaro plastik kartochkalari orqali amalga oshirish, tashqi bozorlarni va eksport qilinayotgan mahsulotlar turlarini yanada diversifikasiyalash, tashqi bozorlardagi o`rnimizni mustahkamlash hisobiga eksport hajmini ko`paytirish topshirildi.

Qarorga ko`ra, kompaniya yangi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o`zlashtirishga qaratilgan investisiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirish, butlovchi qism va uzellar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, avtomobilsozlikni rivojlantirish uchun zarur bo`lgan asosiy xomashyo va materiallarni o`zlashtirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo`yicha tarmoqlararo kooperasiyani kengaytirish hisobiga importning ulushini kamaytirish va mahsulotlar tannarxini pasaytirish topshirildi.

Qarorning to`liq matni bilan O`zAda tanishishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: