Главная » Yangiliklar » PREZIDENT QARORI: DAVLAT XARIDLARI YaGONA AXBOROT PORTALI IShGA TUShADI
PREZIDENT QARORI: DAVLAT XARIDLARI YaGONA AXBOROT PORTALI IShGA TUShADI

PREZIDENT QARORI: DAVLAT XARIDLARI YaGONA AXBOROT PORTALI IShGA TUShADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: PREZIDENT QARORI: DAVLAT XARIDLARI YaGONA AXBOROT PORTALI IShGA TUShADI
  • Дата релиза: 23-08-17, 20:08
PREZIDENT QARORI: DAVLAT XARIDLARI YaGONA AXBOROT PORTALI IShGA TUShADI
23 avgustda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzoladi, deya xabar berdi Uzbekistan24.

Qarorda ta`kidlanganidek, o`tgan yillarda elektron auksion savdolarini tashkil etish orqali davlat va korporativ xaridlarning ochiqligi va shaffofligini ta`minlash choralari ko`rildi.

Shu bilan birga, o`tkazilgan tahlil shuni ko`rsatdiki, davlat va korporativ xaridlarning hamda tender savdolarini tashkil etishning amaldagi tartibi zamonaviy talablarga javob bermaydi, turli xil korrupsiya ko`rinishlari uchun sharoit yaratadigan ko`plab kelishish bosqichlari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillar va sansalorlik holatlari mavjud.

Xususan, idoralararo tender komissiyalari bayonnomalarini kelishish va tasdiqlashni o`z ichiga oluvchi tender jarayonlarining ayrim hollarda olti oygacha cho`zilishi kuzatilmoqda, bu esa loyihalar, shu jumladan, xorijiy va xalqaro moliya institutlari mablag`lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar amalga oshirilishining kechiktirilishiga olib kelmoqda.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada suiiste`molchilik holatlarining oldini olish, shuningdek, 2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qarorga muvofiq:

1) iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan, bitta kontrakt bo`yicha 5 mln. AQSh dollaridan yuqori ekvivalentdagi investisiya loyihalari doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xaridi yuzasidan tarmoq idoralararo tender komissiyalari tugatildi;

2) loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan tender va loyihaoldi hujjatlarini taklif etilayotgan texnologiya va asbob-uskunalar bo`yicha texnologiya, asbob-uskunalarni tanlash va narxlarni shakllantirish qismida ekspertizadan o`tkazish funksiyasini bajaradigan ixtisoslashgan tarmoq ekspert kengashlari tugatildi;

3) bitta kontrakt bo`yicha 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha ekvivalentdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini O`zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi tomonidan tashkillashtiriladigan elektron savdolar orqali amalga oshirishga oid talab bekor qilindi;

4) 2018 yil 1 yanvarga qadar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini quyidagi ekvivalentlarga muvofiq, ya`ni:

– 1 ming AQSh dollaridan kam bo`lgan bitta kontrakt– narxi, sifati va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berish muddatlari bo`yicha eng maqbul keladigan shartlarni taklif qilgan etkazib beruvchilar bilan to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar tuzish orqali;

– 1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo`lgan bitta kontrakt – buyurtmachi tuzadigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali;

– 100 ming AQSh dollaridan yuqori miqdordagi bitta kontrakt –buyurtmachi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O`zInjiniring” Respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini majburiy jalb etgan holda tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) savdolarini o`tkazish orqali amalga oshirish tartibi joriy etildi. Mazkur xaridlar bo`yicha texnik shartlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan bo`lishi shart.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O`zbekiston Respublikasining investisiya loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat va korporativ xaridlarni tashkil etish va o`tkazish bo`yicha vakolatli organ etib belgilandi.

Bu borada, Agentlikka manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

– Resurslar yagona milliy ma`lumotnomasi va Davlat xaridlari yagona axborot portali yaratilishi hamda 2018 yil 1 yanvardan ishga tushirilishini ta`minlash;

– bir oy muddatda davlat (korporativ) xaridlarini amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmini, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni, elektron xaridlarni yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini kiritish vazifalari topshirildi.

Qarorning to`liq matni matbuotda e`lon qilinadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: