Главная » Yangiliklar » Putin surati tushirilgan 4300 dollarlik tilla iPhone 5s’lar bir kunda sotilib ketdi
Putin surati tushirilgan 4300 dollarlik tilla iPhone 5s’lar bir kunda sotilib ketdi

Putin surati tushirilgan 4300 dollarlik tilla iPhone 5s’lar bir kunda sotilib ketdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Putin surati tushirilgan 4300 dollarlik tilla iPhone 5s’lar bir kunda sotilib ketdi
  • Дата релиза: 06-07-14, 18:39
Putin surati tushirilgan 4300 dollarlik tilla iPhone 5s’lar bir kunda sotilib ketdi
Caviar kompaniyasi Vladimir Putin surati tushirilgan tilla iPhone 5s’larning 42 tasini savdoning birinchi kunidayoq sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Har bittasi 147 ming rubl (taxminan 4300 dollar) bo‘lgan “putinofon”larni aynan kimlar sotib olganini kompaniya oshkor qilmayapti, biroq ular orasida mashhur kinorejissor, teleboshlovchi, Sochi — 2014 oltin medali sohibi va ikki nafar neft korporatsiyasi top-menejerlari borligini ta’kidladi.

Aktyor Ivan Oxlobistin esa Twitter’dagi sahifasida o‘z xaridini ommaga e’lon qildi.

Supremo Putin telefonlariga talab kattaligini hisobga olib, Caviar smartfonlarning ikkinchi partiyasini ham chiqarmoqchi. Birinchi partiyadagi telefonlar orqa korpusi 18 karatli oltindan ishlangan va Vladimir Putin, Rossiya gerbi va madhiyasi o‘yib solingan qora iPhone 5s’dan iborat edi.
Логин:
Пароль: