Главная » Yangiliklar » ​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”
​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”
  • Дата релиза: 28-06-17, 23:56
​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”
Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin chegaradn o`tishda doim muammo bo`ladi. Ayting-chi, yaqinlarim uchun bunday sovg`a-salomlarni olib o`tish tartibi qanday?

Muhabbat Temirova, Shahrisabz shahri

B.RAIMOV, Davlat bojxona qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari:

— Bojxona kodeksining 155-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan va tadbirkorlik faoliyati uchun mo`ljallanmagan tovarlar jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o`tiladigan tovarlar hisoblanadi. Bunday tovarlar bojxona chegarasi orqali soddalashtirilgan tartibda imtiyozlar qo`llanilgan holda olib o`tiladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o`tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo`ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori, olib o`tishning takroriyligi, safarning maqsadi va uning davomiyligi kabilar hisobga olinadi.

Mazkur kodeksning 157-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o`tilayotgan tovarlarga nisbatan tovarlarni qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig`i solinmaydigan olib kirish normasi doirasida bojxona to`lovlari qo`llanilmaydi.

"Jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan iste`mol tovarlarini tartibga solish choralari to`g`risida"gi PQ-1118 sonli qaroriga muvofiq 2009 yilning 2 iyunidan boshlab qo`shni davlatlardan (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg`oniston) shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasiga bir yo`la olib kiriladigan import iste`mol tovarlarining boj to`lovlari olinmaydigan umumiy qiymati 10 AQSh dollarini tashkil etadi.

Shundan kelib chiqib, yuqorida qayd etilgan qonuniy talablarga rioya etgan holda, fuqaro tovarlarni notijorat maqsadida olib chiqishi va olib kirishi mumkin. O`z navbatida olib kirishda tovarlarning umumiy qiymati 10 AQSh dollaridan ortiq bo`lmasligi lozim, aks holda tovarlar uchun qonunchilikda belgilangan stavkalarda bojxona to`lovlari undiriladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: