Главная » Yangiliklar » “QARORIM O`ZGARDI, AVIAChIPTANI QAYTARMOQChIMAN... TARTIBI QANDAY?”
“QARORIM O`ZGARDI, AVIAChIPTANI QAYTARMOQChIMAN... TARTIBI QANDAY?”

“QARORIM O`ZGARDI, AVIAChIPTANI QAYTARMOQChIMAN... TARTIBI QANDAY?”

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: “QARORIM O`ZGARDI, AVIAChIPTANI QAYTARMOQChIMAN... TARTIBI QANDAY?”
  • Дата релиза: 21-10-17, 11:39
“QARORIM O`ZGARDI, AVIAChIPTANI QAYTARMOQChIMAN... TARTIBI QANDAY?”
— Aviachiptalarni qaytarish tartibi haqida ma`lumot bersangiz...

Sanjar To`raev, Toshkent shahar Mirobod tumani

“O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati:

— Umuman foydalanilmagan yoki qisman foydalanilmagan aviachiptalar uchun pulni qaytarib berish, sotish qoidalariga ko`ra qaytarilmaydigan aviachiptalardan tashqari, tashuvlar sotilgan mamlakatda amalga oshiriladi.
Qaytarish uchun aviachiptaning amal qilish muddati:
- umuman foydalanilmagan aviachipta uchun – tashuv sotilgan kundan boshlab 1 yil;

- qisman foydalanilgan aviachipta uchun – dastlab rasmiylashtirilgan aviachiptada ko`rsatilgan tashuv boshlangan sanadan boshlab 1 yil;
Tashuvdan ixtiyoriy voz kechilganda tariflarni qo`llash qoidalariga muvofiq tashuv ixtiyoriy rad etilganligi uchun yig`im undiriladi.
Tashuvdan majburiy voz kechilganda (aviakompaniya aybi bilan) summa hech qanday yig`im undirilmagan holda qaytariladi.
Summani qaytarib berishda quyidagi shartlarga amal qilinadi:
- agar umuman foydalanilmagan chipta qaytarilsa, tarifni qo`llash qoidalarida chipta qaytarilganligi uchun jarima yig`imlari ushlab qolish ko`zda tutilgan bo`lsa, shu jarima ushlab qolingan holda qolgan summa qaytarib beriladi. Har xil turdagi tariflarni qo`llagan holda rasmiylashtirilgan aviachipta umuman foydalanilmasdan qaytarilganda, eng cheklangan tarif uchun amal qiladigan jarima sanksiyalari qo`llaniladi.
Agar qisman foydalanilgan chipta qaytarilsa, yo`lovchiga ushbu qaytariladigan segmentda amal qiluvchi chipta qaytarilganligi uchun jarima summasi ushlab qolingan holda tashuvning foydalanilmagan segmenti uchun to`langan summa qaytariladi.
Bunday hollarda qaytariladigan summa quyidagicha hisob-kitob qilinadi:

qo`llanilgan tarifdan foydalanilgan yo`nalishdagi tashuvlarni sotish kunida amal qilgan bir tomonga tarif summasi ayirib tashlanadi va barcha zarur jarima yig`imlari ushlab qolinadi. Agar bir tomonga tarif summasi e`lon qilinmagan bo`lsa, tashuv sotilgan sanada e`lon qilingan balandroq darajadagi bir tomonga tarif summasi qo`llaniladi.
yo`lovchi yoki birga uchgan yaqin qarindoshi vafot etganda,buni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilsa, jarima yig`imlarini ushlab qolmagan holda summani qaytarishga ruxsat etiladi.
Parvoz kuponlarining foydalanish navbati buzilgan holda foydalanilmagan tashuv uchun summani qaytarib berishga faqatgina ichki tashuvlarda ruxsat etiladi, tashuvdan majburan voz kechilganda esa yo`nalishdan qat`i nazar summa qaytarib beriladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: