Главная » Yangiliklar » ​«Qaynona qaynamasa, kelin aynimaydi»mi? Zebo Navro'zova va Asal Shodiyeva
​«Qaynona qaynamasa, kelin aynimaydi»mi? Zebo Navro'zova va Asal Shodiyeva

​«Qaynona qaynamasa, kelin aynimaydi»mi? Zebo Navro'zova va Asal Shodiyeva

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​«Qaynona qaynamasa, kelin aynimaydi»mi? Zebo Navro'zova va Asal Shodiyeva
  • Дата релиза: 29-05-17, 20:46
​«Qaynona qaynamasa, kelin aynimaydi»mi? Zebo Navro'zova va Asal Shodiyeva
«Qaynona qaynamasa, kelin aynimaydi» degan naqlni ko`p eshitamiz. Sahifani bu maqol bilan boshlashimiz ham bejizga emas. Keling, bu haqda taniqli rejissyor, uch o`g`ilning onasi, ikki kelinning qaynonasi va bir nabiraning mehribon buvijonisi Zebo NAVRO`ZOVAdan so`rab ko`ramiz.

IChKI QONUNLAR BILAN TANIShAMIZ

– Har bir xonadonning o`ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Pardaning bu tomoni tashqaridan kelgan insonga ko`rinmaydi. Shuni inobatga olgan holda qaynonalar kelinga tushuntirib, yangi muhitga moslashishiga ko`maklashishlari lozim. O`z navbatida kelin ham maslahatlarni to`g`ri qabul qilishi kerak.

«KELINLARNI SINASh KERAK!»

– Har bir ona, kezi kelganda, farzandini ham sinab turadi. Kelinlar ham o`z bolamiz. Shuning uchun imtihonimizdan ular ham o`tishga majbur. Axir o`rgatganlarimiz qulog`iga kirdimi, qo`lidan keladimi, yo`qmi bilib olishimiz kerak-ku. Masalan, o`zim kelinlarimni ko`p bora sinovdan o`tkazganman. Xonadonimizda bir qonun bor. Har qanday sharoit va kayfiyatda ham inson, albatta, kulib turishi shart. Chunki ishdan charchab kelgan inson ana shu tabbasumga qarab chalg`iydi. Bu borada katta kelinim Xumoraxonni va Asalni har hil vaziyatlar bilan tekshirib ko`rganman. Har ikkalalari ham imtihondan a`lo baho bilan o`tishganidan hursandman.

OVSINLARNING RAShKI...

– Xonadonga yangi kelinchak tushganda istasak, istamasak katta kelinlarda biroz qizg`onish, «meniki» degan ichki kechinmalar o`tishi aniq. Boshqa kishi kelgandan keyin, albatta, ishlar ham, diqqat-e`tibor ham ikkiga bo`linadi. Bu paytda qaynona vaziyatni o`z qo`liga olishi shart. U ovsinlarning o`rtasidagi nozik rishtalarga putur etkazmasligiga, ular opa-singildek qadirdon bo`lishiga mas`ul, nazarimda. Qaynonajonlarga bu jarayonda oson tutmang. Chunki artistlik qilib, ularni bir-biriga yaxshi ko`rsatish, mehr va e`tiborni ham ikki barabar oshirish, ovsinlarga bir-biri haqida yaxshi gaplarni aytib, maqtash kerak!

«QIZLARIMIZGA TO`G`RI TARBIYa BERAYLIK!»

– Yaxshi kelinni tarbiyalashga qizning onasi ham mas`ul. Dugonalarimdan biri yaqinda kelin tushirdi. To`ydan keyin kelin 10–15 kun homush yuribdi. Gapirsa ham, ish qilsa ham hech chehrasi ochilmapti. Keyin dugonam gap nimada ekanini bilish uchun uni gapga solsa, «Onam to`ydan keyin telefoningni qo`lingga olmaysan. Qachon oyijoning «Onangizga qo`ng`iroq qilib qo`ydingizmi?» deb so`rasalar shunda sim qoqasan. Endi o`sha xonadonning farzandisan» deb aytgandilar, debdi. Ochig`i, onasiga qoyil qoldim. Bergan tarbiyamiz va o`rgatgan odobimiz qizlarimizning yaxshi kelin bo`lishini ta`minlaydi.

IShLARNI TO`G`RI TAQSIMLAYMIZ

– Bir uyda yashovchi kelinlarga, yoki turli yig`inlarda ko`rishadiganlariga ham yumushlarni teng taqsimlab berish kattalarning vazifasi. Bizning xonadonda ro`zg`or yumushlari hech muammo bo`lmagan. Katta kelinim uyimizga kelganiga 3 yildan oshdi. U ham o`ng, ham chap qo`lim, desam mubolag`a bo`lmaydi. Gap so`zlarim, qarashlarimdan nima xohlayotganimni bilib turadi. Asal xonadonimizga kelganida ham Xumoraxon bilganlarini o`rgatib, yordamini ayamagan.

«KELINLARINGIZNI SIYLAB TURING»

– Har bir insonda ko`ngil, degan nozik hilqat bor. Uning rayiga qarab turish esa katta va kichikning vazifasi. Kelinlarni rag`batlantirib turish shart. Qaynonalarimiz ham bayramlarda, hattoki, oddiy kunlarda ham kelini ko`pdan beri orzu qilib yurgan narsalarni sovg`a qilsalar olam guliston.

«ALOHIDA YaShASh? QARIShMASMAN, AMMO...»

– Bugun yoshlarimiz xorijiy kino, seriallarni ko`rib, yoki zamonning zayli bilanmi, bilmadim, darhol alohida yashashni istashadi. Ammo men, to`ydan so`ng shu zahoti ularni mustaqil hayotga uchirma qilishga biroz qarshiman. Chunki qaynona uyning kattasi sifatida hamma narsani o`z nazoratiga olishi lozim. Yoshlar bir-biriga ko`nikib, oilaga singib ketgunicha ularga ko`z-quloq bo`lib turishi kerak. Axir yangi kelin xonadonning qoidalarini o`rgangunicha kattalar yonida bo`lsa, nimasi yomon? Aynan o`zimga kelsak, men ham to`ydan keyin kelinlarim bilan birga yashadim. Hozir esa ikki o`g`limni ham alohida chiqarganman. Chunki ular ijodkor. Ularga tinchlik, erkinlik kerak. Ilhom kelganda chalg`imasdan, o`z ishi bilan mashg`ul bo`lishini istadim. Bundan tashqari hali qariganimcha yo`q. O`zimni o`zim eplay olaman. Ammo dam olish yoki bayram kunlari hammamiz hovlimizda yig`ilib, birgalikda vaqt o`tkazishni yaxshi ko`ramiz.

Aliya SULAYMANOVA
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: