Главная » Yangiliklar » QIMMATBAHO SOVG`ALARNI AEROPORTDAN O`TKAZIShADIMI?
QIMMATBAHO SOVG`ALARNI AEROPORTDAN O`TKAZIShADIMI?

QIMMATBAHO SOVG`ALARNI AEROPORTDAN O`TKAZIShADIMI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: QIMMATBAHO SOVG`ALARNI AEROPORTDAN O`TKAZIShADIMI?
  • Дата релиза: 01-10-17, 14:34
QIMMATBAHO SOVG`ALARNI AEROPORTDAN O`TKAZIShADIMI?
QIZIMNING SOVG`ALARINI AEROPORTDAN O`TKAZIShADIMI?

Yaqinda turmush o`rtog`im bilan birga nabiralarimizni ko`rib kelmoqchimiz. Qizim oilasi bilan Sharja shahrida yashaydi. U bizga sovg`a sifatida so`nggi rusumdagi plazmali televizor, jiyaniga - videokamera sotib olmoqchi. Qaytishda aeroport bojxonasida muammo yuzaga kelishi ehtimoli bor-yo`qligini aniqlab olishimizni so`radi. Buning uchun qandaydir soliqlarni to`lash kerak bo`ladimi?

Farruxjon Fayziev, huquqshunos:

— Adliya vazirligi tomonidan 1996 yil 10 sentyabrda 279-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “O`zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish normalari”ning 2-bandiga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan o`z ehtiyojlari uchun, ya`ni tijorat maqsadlarini ko`zlamagan holda chegaradosh bo`lmagan davlatlar hududidan O`zbekistonga olib kiriladigan, umumiy qiymati ekvivalent ifodasida 1 000 AQSh dollaridan oshmaydigan tovarlarga bojxona to`lovlari solinmaydi. Ushbu summa bir nafar jismoniy shaxs uchun belgilangan. Ya`ni shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan sovg`alarning umumiy summasi yuqoridagi limitdan oshmasa, bojxona to`lovlari undirilmaydi.

Bunda Jismoniy shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasi hududiga aksiz solig`i solinmay olib kiriladigan tovarlarning cheklangan normalari (Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 13 martda 412-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “O`zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig`i solinmasdan olib kirishning cheklangan normalari”) bilan belgilangan miqdoriy cheklashlar hisobga olinadi. Ularga ko`ra, jismoniy shaxsga har bir nomlanishdagi video- va audioapparaturani 1 birlikda, biroq umuman olganda 3 birlikdan oshmagan miqdorda aksiz solig`ini to`lamay olib kirishga ruxsat beriladi.

Biroq qimmatbaho buyumlarni (televizor, audio-, videotexnika, zargarlik buyumlari va b.) olib kirmoqchi bo`lsangiz, bojxonada ularning qiymati yuzasidan bahslashmaslik uchun savdo tashkilotlaridan ularning kafolat talonlari, texpasportlari va ushbu tovarlarni identifikasiyalovchi boshqa hujjatlarga narxini qayd etishlarini talab qilish zarur. Ushbu hujjatlar bilan birgalikda kassa cheki bo`lishining o`zi kifoya.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: