Главная » Yangiliklar » Qirg`iziston prezidentining qizi joylashtirgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda janjal ko`tarilishiga sabab bo`ldi
Qirg`iziston prezidentining qizi joylashtirgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda janjal ko`tarilishiga sabab bo`ldi

Qirg`iziston prezidentining qizi joylashtirgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda janjal ko`tarilishiga sabab bo`ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Qirg`iziston prezidentining qizi joylashtirgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda janjal ko`tarilishiga sabab bo`ldi
  • Дата релиза: 18-04-17, 11:46
Qirg`iziston prezidentining qizi joylashtirgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda janjal ko`tarilishiga sabab bo`ldi
Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaevning qizi, 20 yoshli rassom va bloger Aliya Shagievaning bolasini emizayotgan paytda tushgan surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qizg`in muhokamalariga sabab bo`ldi deb xabar berdi, Deti.mail.ru nashri.

Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaevning kenja qizi Aliya Sankt-Peterburg shahrida yashaydi va o`qiydi. U 2017 yilning mart oyida o`g`il farzand ko`rdi va uni Toir deb atadi. 10 aprel kuni esa Aliya avtomobilda bolasini emizayotgan paytda tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Uning mazkur posti minglab “Layk” to`plash bilan bilan birga aksariyat foydalanuvchilarning qahr-g`azabiga sabab bo`ldi. Ular Aliyani uyatsizlikda, milliy qadriyatlarni hurmat qilmaslikda va prezidentning sha`niga isnod keltirganlikda ayblashdi.

Ularga javoban Aliya ertasi kuni Facebook ijtimoiy tarmog`iga undan battar, yarim yalang`och tushgan suratini joylashtirdi.

“Bolamning qorni och qolsa, uni mashina salonidami, savdo markazidami, jamoatchilik joyidami emizaveraman. Patriarxat hukm surayotgan jamiyatda emizikli onalarning harakatlari cheklangan. Men tabiat tomonidan berilgan burchimni ado etyapman. Men haqimdagi salbiy fikrlaringiz bu sizning muammongiz”, deb yozdi Aliya. Mazkur post 4 mingta “Layk” to`plab, unga 800 dan ortiq izoh qoldirildi. Ba`zi bir foydalanuvchilar Aliyaning tarafini olgan bo`lsa, qirg`iz millatiga mansub erkaklar uni uyaltirishga harakat qilishdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: