Главная » Yangiliklar » Qirg`izistonda 6 kishidan iborat oila ko`chki tagida qoldi
Qirg`izistonda 6 kishidan iborat oila ko`chki tagida qoldi

Qirg`izistonda 6 kishidan iborat oila ko`chki tagida qoldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Qirg`izistonda 6 kishidan iborat oila ko`chki tagida qoldi
  • Дата релиза: 27-03-17, 16:29
Qirg`izistonda 6 kishidan iborat oila ko`chki tagida qoldi
Qirg`izistonning O`sh viloyati O`zgan tumanida sodir bo`lgan ko`chki oqibatida 6 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Tog`li qishloqdagi bir oila loy oqimi ostida qoldi. Uyda bo`lgan 6 kishi, shu jumladan 4 nafar bola ko`chki tagida qolib, halok bo`lgan. Bolalarning eng kichigi 1,5 yoshda, kattasi esa 7 yoshda bo`lgan.

Qirg`iziston respublikasi FVVning bergan ma`lumotiga ko`ra, ko`chki hamon davom etayotganligi sababli qutqaruvchilar qidiruv ishlarini davom ettira olmayapti. Hozirda voqea joyida 39 nafar qutqaruvchi ish olib bormoqda. Yaqin orada joylashgan uylarda yashovchi fuqarolar qishloq maktabi hududiga evakuasiya qilingan. FVV ularga maxsus palatkalardan joy ajratib, issiq ovqat tashkil etgan. Mazkur hududda 135 ta uy ko`chki tagida qolishi xavfi mavjud. FVV mutaxassislari bundan katta moddiy zarar ko`rish mumkinligini taxmin qilmoqda. “Ko`chki hamon to`xtamaganligi bois, qutqaruv ishlarini amalga oshirishning iloji bo`lmayapti. Hozircha mahalliy aholini bexatar joyga ko`chirish ishlari bilan bandmiz. Kamroq moddiy zarar ko`rish uchun loy oqimining harakatini o`rganmoqdamiz”, - deb ma`lumot berdi O`sh viloyati FVV boshlig`i Dayir Karimov.

Mazkur hududda yashovchi aholi ilgari ham FVV tomonidan ko`chki haqida ogohlantirilib, ko`chish, yangi uy qurish uchun ssudalar ajratilganiga qaramay, ular ko`chishga shoshilmagan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: