Главная » Yangiliklar » ​Qirg`izistonda virtual “ajal o`yini” oqibatida o`smir o`z joniga qasd qildi.
​Qirg`izistonda virtual “ajal o`yini” oqibatida o`smir o`z joniga qasd qildi.

​Qirg`izistonda virtual “ajal o`yini” oqibatida o`smir o`z joniga qasd qildi.

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Qirg`izistonda virtual “ajal o`yini” oqibatida o`smir o`z joniga qasd qildi.
  • Дата релиза: 03-02-17, 14:03
​Qirg`izistonda virtual “ajal o`yini” oqibatida o`smir o`z joniga qasd qildi.
Qirg`iziston respublikasi huquq-tartibot idorasi xodimlari internet-klublarda virtual “ajal o`yini”ni o`ynayotgan o`smirlarni aniqlashga kirishdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Chorshanba kuni ertalab Qirg`iziston poytaxtida 15 yoshli o`smir o`z joniga qasd qildi. Qirg`iziston respublikasi OAVlari bolaning o`z joniga qasd qilishiga mamlakat hududida ijtmoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan, o`z joniga qasd qilishni targ`ib qiluvchi “ajal o`yini” sabab bo`lgani haqida bong urdi.

“Oktyabr tumani IIBning voyaga etmaganlar bilan ishlash inspeksiyasi Bishkek shahar IIBning 10 ta boshqarmasi bilan hamkorlikda topshiriqni bajarish jarayonida “Instragram” sahifasida o`smirlarni o`z joniga qasd qilishga undovchi virtual o`yinni aniqladi. Tuman IIB xodimlari soat 18.00 da mast holatda o`zini o`ldirmoqchi bo`lgan o`smirlarni bu harakatdan to`xtatib qoldi”, deb xabar berdi matbuot xizmati.

Bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idorasi xodimlari shahardagi maktab ma`muriyati bilan hamkorlikda barcha kompyuter klublarida xavfli o`yinni aniqlash maqsadada reyd o`tkazdi. Tekshirish natijasida mazkur o`yinni o`ynayotgan 8 nafar o`smir aniqlandi. Qirg`izistonning O`sh shahrida ham “ajal o`yini”ni o`ynayotgan 7-8 sinf o`quvchilari qo`lga olindi.
Логин:
Пароль: