Главная » Yangiliklar » Qirg‘izistonlik ayol Makkada o‘g‘il dunyoga keltirdi
Qirg‘izistonlik ayol Makkada o‘g‘il dunyoga keltirdi

Qirg‘izistonlik ayol Makkada o‘g‘il dunyoga keltirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Qirg‘izistonlik ayol Makkada o‘g‘il dunyoga keltirdi
  • Дата релиза: 14-11-14, 19:48
Qirg‘izistonlik ayol Makkada o‘g‘il dunyoga keltirdi

Qirg‘iziston musulmonlar idorasi haj bo‘limi yetakchi mutaxassisi Marat Usupov Qirg‘iziston fuqarosi Gulnara Omurova Saudiya Arabistonining Makka shahrida o‘g‘il farzand dunyoga keltirganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vecherniy Bishkek”.

 Turmush o‘rtog‘i Chingiz Imanbekov bilan haj ziyoratini amalga oshirgan Omurova hajdan keyin bir muddat Saudiya Arabistonida qolishga qaror qiladi. U farzandini oktabr oyida dunyoga keltirgan. 15 kunlik qo‘shimcha qolishning barcha xarajatlarini mezbon mamlakat ko‘targan.

 Qirg‘izistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi Ilyos nomi berilgan bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomani topshirgan. Ona va bolaning sog‘lig‘i yaxshi ekanligi va ular 14-noyabr kuni vatanlariga qaytgani ma’lum qilingan.

Логин:
Пароль: