Главная » Yangiliklar » Qirg‘izistonlik dizayner iPhone 8 uchun tayyorlagan dizaynini taqdim etdi
Qirg‘izistonlik dizayner iPhone 8 uchun tayyorlagan dizaynini taqdim etdi

Qirg‘izistonlik dizayner iPhone 8 uchun tayyorlagan dizaynini taqdim etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Qirg‘izistonlik dizayner iPhone 8 uchun tayyorlagan dizaynini taqdim etdi
  • Дата релиза: 14-11-14, 19:45
Qirg‘izistonlik dizayner iPhone 8 uchun tayyorlagan dizaynini taqdim etdi

Qirg‘izistonda Steel Drake laqabi bilan mashhur dizayner hali chiqarilishi haqida ma’lum qilinmagan iPhone 8 smartfoni uchun dizayn tayyorladi, deb xabar bermoqda Knews.

 Qirg‘izistonlik mutaxassis iPhone 8’ning tashqi ko‘rinishini tayyorlash uchun uch hafta sarfladi. Nega aynan sakkizinchi model tanlangani haqidagi savolga Steel Drake internetda iPhone 7 uchun hozirda ko‘plab dizaynlar borligini aytib javob qaytargan.

 Shuningdek, u hozirgi iPhone smartfonlari dizayni unga yoqmasligi tufayli gadjetning ko‘rinishini butunlay qayta ishlaganini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, dizayner o‘z ishini jiddiy ravishda ilgari surmoqchi.

Логин:
Пароль: