Главная » Yangiliklar » ​QISQA METRAJLI FILMLAR LOYIHALARI UChUN O`TKAZILGAN TANLOV G`OLIBI ANIQLANDI
​QISQA METRAJLI FILMLAR LOYIHALARI UChUN O`TKAZILGAN TANLOV G`OLIBI ANIQLANDI

​QISQA METRAJLI FILMLAR LOYIHALARI UChUN O`TKAZILGAN TANLOV G`OLIBI ANIQLANDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​QISQA METRAJLI FILMLAR LOYIHALARI UChUN O`TKAZILGAN TANLOV G`OLIBI ANIQLANDI
  • Дата релиза: 08-07-17, 22:37
​QISQA METRAJLI FILMLAR LOYIHALARI UChUN O`TKAZILGAN TANLOV G`OLIBI ANIQLANDI
Kinematografiyani rivojlantirish markazi o`z oldiga qo`ygan maqsad vazifalaridan kelib chiqib, 2017 yil 1 iyun kuni barcha yoshdagi professional va havaskor ijodkorlar uchun Qisqa metrajli filmlar loyihalari uchun tanlov e`lon qilgan edi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan, respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan ko`plab yosh ijodkorlarning loyihalari 2017 yilning 1 iyuliga qadar qabul qilindi va ular orasidan saralab olingan eng yaxshi to`qqiz nafar talabgorning loyihasi joriy yilning 7 iyul kuni Kinematografiyani rivojlantirish markazida o`tkazilgan tanlovda ko`rib chiqildi.

Tanlovda ishtirok etgan yosh ijodkor Gulnora Ivanovaning “Fontan” nomli qisqa metrajli film loyihasi tanlov komissiyasi a`zolarining ko`pchilik ovozi bilan g`olib deb topildi va unga maxsus diplom tantanali ravishda topshirildi. Shu bilan birga, Muxammadxon Yusupovning “Kino” nomli qisqa metrajli film loyihasi komissiya a`zolari tomonidan yuqori baholanganligi bois, mazkur film prodyuser Izatilla Rashidov tomonidan “Ilk film” kinostudiyasida suratga olish uchun qabul qilindi.

Kinematografiyani rivojlantirish markazi tanlovda g`olib chiqqan G.Ivanovaga “Fontan” nomli qisqa metrajli film loyihasi asosida film ishlab chiqarish ishlariga har tomonlama ko`maklashish bilan birga yaratilgan filmni mahalliy va xalqaro kinofestivallarga tavsiya etishni o`z zimmasiga oladi. Shuningdek, Markaz tanlovda ishtirok etgan boshqa yosh iste`dotlar bilan kelgusida yangi loyihalar ustida ishlash bo`yicha hamkorlikni yo`lga qo`yadi.

E`tiborlisi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlov yurtimizdagi yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishda va yangi iste`dotlarni kashf etishda muhimligi bilan ahamiyatlidir.

Yosh iste`dotlar ijodini qo`llab-quvvatlash, ularning kelgusidagi faoliyatiga ko`maklashish uchun bu kabi tanlovlarni doimiy o`tkazishni maqsad qilganmiz, – dedi markaz direktori Oybek Abdushukurov.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: