Главная » Yangiliklar » QURG`OQChILIKDAN ERTA OGOHLANTISh TIZIMI
QURG`OQChILIKDAN ERTA OGOHLANTISh TIZIMI

QURG`OQChILIKDAN ERTA OGOHLANTISh TIZIMI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: QURG`OQChILIKDAN ERTA OGOHLANTISh TIZIMI
  • Дата релиза: 01-11-17, 20:44
QURG`OQChILIKDAN ERTA OGOHLANTISh TIZIMI
BMTning Taraqqiyot Dasturi va Moslashuv jamg`armasining “O`zbekistonning qurg`oqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xo`jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta`minlash” loyihasi ko`magida Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan “Qurg`oqchilikdan erta ogohlantirish tizimini rivojlantirish: imkoniyatlar, etishtiriladigan mahsulotlar va keyingi rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar o`tkazildi. Bu haqda FVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ta`kidlash joizki, suv kamligi va qurg`oqchilik kabi iqlimga bog`liq xavfli hodisalaridan erta ogohlantirish tizimi – iqlimga moslashish choralarini rejalashtirishda kuchli vosita hisoblanadi. Mazkur tizimlarning asosiy manbalari moslashish choralarini rejalashtirish, loyihalash va amalga oshirish uchun qaror qabul qilishda indikativ hisoblanuvchi tabiiy ob`ektlarning oldindan tayyorlangan sifat va miqdoriy baholaridir. Qurg`oqchilikdan erta ogohlantirish tizimining ob`ektlari bu – daryo havzalari va ularda shakllanib hamda foydalaniladigan suv resurslaridir

Ishlab chiqilgan kompleks yondashuv O`zgidrometning suv resurslari prognozlari va baholaridan manfaatdor bo`lgan xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarini ta`minlash, shuningdek suv kamligi va qurg`oqchilik to`g`risida ogohlantirish maqsadida gidrologik hisoblar va prognozlar bilan shug`ullanuvchi tezkor bo`linmasining amaliyotida qo`llanilishi mumkin. Taklif etilayotgan suv ob`ektlari holatini miqdoriy va sifat jihatidan baholashga imkon beruvchi va zarur choralar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish uchun suv kamligi va qurg`oqchilik to`g`risida ogohlantiruvchi mazkur kompleks yondashuv iqlim o`zgarishiga moslashish bo`yicha milliy tarmoq rejalarini tatbiq etish va amalga oshirishga o`z hissasini qo`shadi. Iqlimiy xavflardan qochib bo`lmaydi, lekin ularning xavfli asoratlarini kamaytirish – o`z echimini talab qiluvchi masaladir.

Tadbir ishtirokchilariga qurg`oqchilikning erta ogohlantirilishi, mavjud tizim oqimining tarqalishi va jadal atnropogen ta`sir zonasi bo`lgan Amudaryoning quyi oqimi sharoitlari uchun rivojlantirish vazifasi va suv tanqisligini bartaraf etish uchun qaratilgan harakatlar va chora-tadbirlar haqida ma`lumot berildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: