Главная » Yangiliklar » Ra'no Yarasheva Yodgor Sa'diev bilan oila qurgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi
Ra'no Yarasheva Yodgor Sa'diev bilan oila qurgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi

Ra'no Yarasheva Yodgor Sa'diev bilan oila qurgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ra'no Yarasheva Yodgor Sa'diev bilan oila qurgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi
  • Дата релиза: 30-09-18, 20:30
Ra'no Yarasheva Yodgor Sa'diev bilan oila qurgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi
Bir necha haftadan buyon san`at shinavandalari orasida «Aktrisa Ra`no Yarasheva hoji ona bo`lgach, san`atni tark etibdi. Endi kinolarda o`ynamas ekan», «Ra`no Yarasheva va aktyor Yodgor Sa`dievning to`yi bo`libdi» kabi mish-mishlar keng tarqalib, muhokamalar bo`layotgani ko`pchilikka ma`lum. Jurnalist Mirolim Isajonov O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Ra`no Yarasheva bilan bog`lanib, ushbu gap-so`zlar qanchalik rost ekanligiga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

«Xabaringiz bor, shu yilning fevral oyida Umra ziyoratiga borib keldim. Turli tadbirlar, ijodiy kechalarga ro`mol o`rab borayotganimni ‘hazm’ qilolmayotganlar ham bor ekan. San`atni tark etganim yo`q. Bunday niyatim mavjud ham emas. Teatrda bir qancha sahna asarlarida ishtirok etyapman. Ammo kinofilmlarga haligacha takliflar bo`lmadi. Menga ma`qul keladigan ssenariylar qo`limga tushsa, bajonidil rozi bo`laman.

Ochig`i, Yodgor aka bilan oila qurganimiz haqidagi gaplarni eshitib, ajablandim. Bir necha kundan beri shu so`zlardan boxabar bo`lgan sodda muxlislarim qo`ng`iroq qilib, tabriklashyapti ham. Yodgor Sa`diev bilan aka-singildekmiz, hamkasbmiz xolos. Oramizda bunday bo`lmag`ur mish-mishlarni keltirib chiqaradigan hech qanday asos yo`q. Kimlarningdir nomini qora qilib, bo`xton tarqatadiganlar bu orqali nimalarga erishar ekan, xayronman. Bu kabi insonlarga Yaratgandan faqatgina insof so`rayman», — deydi aktrisa.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: