Главная » Yangiliklar » Raketaga o‘rnatilgan kamera uning qo‘nishini tasvirga old
Raketaga o‘rnatilgan kamera uning qo‘nishini tasvirga old

Raketaga o‘rnatilgan kamera uning qo‘nishini tasvirga old

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Raketaga o‘rnatilgan kamera uning qo‘nishini tasvirga old
  • Дата релиза: 10-02-16, 16:02
Raketaga o‘rnatilgan kamera uning qo‘nishini tasvirga old
Blue Origin xususiy aerokosmik kompaniyasi egasi Jeff Bezos ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan New Shepard raketasi qo‘nishining videosini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Suratga olish raketa korpusiga mahkamlangan kamera yordamida olib borilgan. Namoyish etilgan sinov Texasdagi poligonda 2016-yil 22-yanvarda amalga oshirilgan. O‘shanda New Shepard raketasi va kosmik kema 101,7 km yuqoriga uchgandi. Shu tariqa Blue Origin ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan raketa yaratgan birinchi kompaniyaga aylandi. Eslatib o‘tamiz New Shepard 2015-yilning 23-noyabrida ilk bor parvoz qilib, Yer ustidan 100,5 km balandlikka ko‘tarilgan va vertikal qo‘nishni amalga oshirgan tarixdagi birinchi raketa bo‘lgandi.
Логин:
Пароль: