Главная » Yangiliklar » Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi
Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi

Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi
  • Дата релиза: 12-05-18, 15:55
Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi
Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining matbuot xizmati.

Qaror bilan 2018 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17 may kuniga to`g`ri kelishi haqidagi O`zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga muvofiq:

- mutasaddi tashkilotlarga jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini azaliy an`ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o`tkazish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- muqaddas oyda yordamga muhtoj va ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o`zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berish topshirildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: