Главная » Yangiliklar » Raqqosa Zarina Ahmedovaga davlat tomonidan berilgan uyning kaliti topshirildi
Raqqosa Zarina Ahmedovaga davlat tomonidan berilgan uyning kaliti topshirildi

Raqqosa Zarina Ahmedovaga davlat tomonidan berilgan uyning kaliti topshirildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Raqqosa Zarina Ahmedovaga davlat tomonidan berilgan uyning kaliti topshirildi
  • Дата релиза: 05-04-17, 11:57
Raqqosa Zarina Ahmedovaga davlat tomonidan berilgan uyning kaliti topshirildi
O`zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi, O`zbekiston Respublikasining "Davlat uy-joy fondini hususiylashtirish to`g`risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 yanvardagi "Xizmat turar joylari berish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 24-son qaroriga asosan hamda Madaniyat vazirligi markaziy apparati va tasarrufdagi korxona, tashkilot, muassasalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarga xizmat turar joylarini berish to`g`risidagi buyrug`iga asosan Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri hamda O`zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi xodimlariga Yunusobod tumanining 17-mavzesidan birdan to`rt xonagacha bo`lgan bepul turar uy-joylar ajratildi.

Yangi uyning kalitiga ega bo`lganlar orasida "Navro`z” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Zarina Ahmedova ham bor.

Xizmat uylari taqdim etilishida, albatta, xodimlarning mehnat jamoalaridagi faoliyati, yashash sharoitlari, fuqarolar yig`ini, ish joylaridan taqdim etilgan tavsiyanomalar hamda boshqa barcha holatlar inobatga olingan.
Ma`lumot uchun, Zarina Ahmedovaning turmush o`rtog`i Jasur To`raev ham raqqos sifatida faoliyat yuritadi. Jasur To`raev Kanizaning “Lilla”, “Hammasigayam” kabi kliplarida suratga tushgan. Ularning bir nafar farzandi bor.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: