Главная » Yangiliklar » ​Rashid Holiqov Shahlo Ahmedovani kelin qilishi bilan bog`liq savolga javob berdi
​Rashid Holiqov Shahlo Ahmedovani kelin qilishi bilan bog`liq savolga javob berdi

​Rashid Holiqov Shahlo Ahmedovani kelin qilishi bilan bog`liq savolga javob berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Rashid Holiqov Shahlo Ahmedovani kelin qilishi bilan bog`liq savolga javob berdi
  • Дата релиза: 18-05-17, 17:45
​Rashid Holiqov Shahlo Ahmedovani kelin qilishi bilan bog`liq savolga javob berdi
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Holiqov “Sayyod” nashriga bergan intervyusida o`g`li Sanjar va xonanda Shahlo Ahmedovaning munosabatlari haqidagi savolga javob berdi.

— Agarda taqdir bo`lsa, kelin ham bo`lishadi, kuyov ham bo`lishadi. Men hech qachon farzandlarim tanlagan insonga qarshilik qilmayman. Chunki, ota-onam bizga umr yo`ldosh tanlashimizga qarshilik ko`rsatmagan.

Onam aytardilar, “Kimni tanlasang o`shanga uylantiraman”, deb. “Men tanlagan qiz yomon chiqsa, keyin mening yuzimga solasan, siz tanlagan qizingiz menga yoqmadi, deb”, derdilar.

“Shahlo Ahmedova bo`lsa Shahlo Ahmedova. Ular birga duet ham kuylashdi. “Sayl” degan filmda duet kuylanglar, deb men taklif bildirgan edim”,—deydi Rashid Holiqov.

Eslatib o`tamiz, Sanjar va Shahloning aksariyat tadbirlarda birga ko`rinishi, ijtimoiy tarmoqlarda ularning birga tushgan suratlari tobora ko`proq e`lon qilinishi turli mish-mishlarga sabab bo`lmoqda
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: