Главная » Yangiliklar » ​Ravshan Komilov hayotida ro`y bergan judolik sabab ijodda tanaffus qilgani haqida gapirdi
​Ravshan Komilov hayotida ro`y bergan judolik sabab ijodda tanaffus qilgani haqida gapirdi

​Ravshan Komilov hayotida ro`y bergan judolik sabab ijodda tanaffus qilgani haqida gapirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Ravshan Komilov hayotida ro`y bergan judolik sabab ijodda tanaffus qilgani haqida gapirdi
  • Дата релиза: 10-05-17, 15:27
​Ravshan Komilov hayotida ro`y bergan judolik sabab ijodda tanaffus qilgani haqida gapirdi
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ravshan Komilov “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi. Intervyu jarayonida xonanda ijodida kuzatilgan tanaffus sabablariga to`xtaldi.

“Bugungi suhbatni biroz tushkun kayfiyatda boshlash niyatim yo`q edi. Biroq vaziyat shuni taqazo etayapti. Har bir inson yaxshi-yomon kunlarni boshdan o`tkazadi. Bundan biroz vaqt oldin oilamizda biroz noxushlik ro`y berdi. Biz uchun qadrli va mehribon singlimizni erga qo`ydik. Allohning irodasi. To`g`ri, bunday vaziyatlarda ham kulib sahnaga chiqqan ustozlarimiz haqida ko`p eshitganmiz. Ammo bu meni qo`limdan kelmadi. Tushkunlikka tushib qoldik. Onam va yaqinlarimning ko`nglidan o`tib, kunda, kunora televizorda chiqishim noto`g`ri, deb bildim. Shuning uchun biroz vaqt ko`rinmadim. Hatto intervyular ham bekor bo`ldi. Oradan vaqt o`tdi, san`atimni qadrlab, bugun yana suhbatga taklif etganingizdan xursandman”,—deydi Ravshan Komilov.

Ravshan Komilov bilan to`liq intervyuni “Darakchi” gazetasining ertaga, 11 mayda sotuvga chiqadigan 19-sonida o`qishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: