Главная » Yangiliklar » ​Rayhon egizaklarining tug`ilgan kunini nishonladi
​Rayhon egizaklarining tug`ilgan kunini nishonladi

​Rayhon egizaklarining tug`ilgan kunini nishonladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Rayhon egizaklarining tug`ilgan kunini nishonladi
  • Дата релиза: 02-05-17, 13:47
​Rayhon egizaklarining tug`ilgan kunini nishonladi
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva 1 may kuni egizak o`g`illari Islom va Imronning tug`ilgan kunini nishonladi.

Tug`ilgan kunga Islom va Imronning do`stlari, jajji bolakaylar taklif etildi. Ular bayramda o`zlarining sevimli multqahramonlari superqahramonlar kiyimida namoyon bo`lishdi. Rayhon ham superqahramonlar belgisi aks ettirilgan kiyim kiydi va suratga “superqahramonlar oilasi” deya izoh berdi.

Islom va Imronning yagona xolasi Nasiba qizi Latifa bilan birgalikda tug`ilgan kunga afsonaviy qahramonlar libosida keldi.

Egizaklarning 3 yoshlga to`lishi munosabati bilan tashkil etilgan kichik bayram dasturida “o`rgimchak odam”, “temir odam” kabi bolajonlarning boshqa sevimli qahramonlari ishtirok etdi.

Avvalroq, Rayhon va uning sobiq turmush o`rtog`i Yigitali Mamajonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali egizak o`g`illarini tug`ilgan kunlari bilan tabriklagani haqida xabar bergan edik.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: