Главная » Yangiliklar » ​Rayhon ham qoidabuzarlik uchun jarima xatini oldi.
​Rayhon ham qoidabuzarlik uchun jarima xatini oldi.

​Rayhon ham qoidabuzarlik uchun jarima xatini oldi.

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Rayhon ham qoidabuzarlik uchun jarima xatini oldi.
  • Дата релиза: 17-04-17, 14:49
​Rayhon ham qoidabuzarlik uchun jarima xatini oldi.
2017 yilning 15 martidan boshlab Toshkent shahridagi 115 ta chorrahalarga o`rnatilgan 883 ta kuzatuv kameralari qoidabuzarliklarni qayd etib, ularga nisbatan jarima solish tizimi ishga tushirilgani barchaga ma`lum.

O`zbek san`ati vakillari ham mazkur jarimalardan chetda qolishmayapti.

Kuni kecha jarima maktubi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaga ham etib bordi.

“Menga ham baxt maktubi etib keldi”, deb yozadi Rayhon. Rayhon xeshtegda belgilaganiga qaraganda, jarima xati Rayhonga tezlikni oshirganligi uchun kelgan.

Avvalroq aktrisa Shahzoda Muhammedova deyarli har kun jarima yozilgan maktub olayotganidan shikoyat qilgandi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: