Главная » Yangiliklar » ​Rayhon nima uchun unga Amerikaga chiqishga ruxsat berilmaganini izohladi
​Rayhon nima uchun unga Amerikaga chiqishga ruxsat berilmaganini izohladi

​Rayhon nima uchun unga Amerikaga chiqishga ruxsat berilmaganini izohladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Rayhon nima uchun unga Amerikaga chiqishga ruxsat berilmaganini izohladi
  • Дата релиза: 12-05-18, 15:55
​Rayhon nima uchun unga Amerikaga chiqishga ruxsat berilmaganini izohladi
Xabaringiz bor 12 may, Amerikaning Nyu-York shtatida o`zbek estradasining bir necha mashhur xonandalari ishtirokida konsert dasturi bo`lib o`tishi kerak edi...

Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ziyoda Qobilova, Rayhon G`anieva va xonanda Shoxruhxon ishtirok etishi e`lon qilingan.

Kecha, Rayhon o`zining instagramdagi sahifasida bu konsertda qatnasha olmasligini ma`lum qildi.

“Ming afsuski, Amerika elchixonasi menga viza berishmadi. 2009 yil Amerikaga borganimda, u erdagi hamyurtlarimiz mendan qo`shiq kuylab berishimni iltimos qilishganda, rozi bo`lgan edim. Bepul. Aslida, bunday bepul xizmatlarni ham avvaldan ogohlantirib, elchixonadan “ish yuzasidan olinadigan viza” bilan chetga chiqish kerak ekan.

O`sha payt, Vatandoshlarimizni iltimosini rad etmaslik uchun qilgan harakatimizni noqonuniy, deb baholashib, bu yil menga viza berishmadi.

Shuning uchun ham 12 may konsertda men bo`lmayman. Ziyoda va Shoxruhxonga esa omad tilayman", - deydi Rayhon.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: