Главная » Yangiliklar » ​Rayhon va Yigitali Mamajonov o`g`illarini tug`ilgan kuni bilan tabrikladi
​Rayhon va Yigitali Mamajonov o`g`illarini tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

​Rayhon va Yigitali Mamajonov o`g`illarini tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Rayhon va Yigitali Mamajonov o`g`illarini tug`ilgan kuni bilan tabrikladi
  • Дата релиза: 01-05-17, 13:14
​Rayhon va Yigitali Mamajonov o`g`illarini tug`ilgan kuni bilan tabrikladi
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva va aktyor Yigitali Mamajonovning o`g`illari Islom va Imron bugun, 1 may kuni 3 yoshga to`ldi.

Mazkur sana munosabati bilan Rayhon va Yigitali o`g`illariga atalgan dil so`zlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yozib qoldirdi.

Rayhon farzandlarining suratlarini Instagram`dagi sahifasiga joylab, ularni tug`ilgan kunlari bilan tabrikladi.

“Bolajonlarim mening, tavvallud ayyomlaring muborak bo`lsin. Alloh tanu jonlaringni sog`-salomat, qalblaringni iymonga to`la qilsin In sha Alloh. Farzandlarimizning baxtu kamolini ko`rish bu dunyodagi har bir ota onaga nasib qilsin, Ilohim!”,—deb yozadi Yigitali Mamajonov.

Ma`lumot uchun, Rayhon va Yigitali 2012 yilning 16 noyabr kuni turmush qurgan edi. Ularning egizak o`g`illari 2014 yil 1 may kuni dunyoga kelgan. 2016 yilning may oyida Yigitali va Rayhonning qonunan ajrashgani ma`lum bo`ldi.

Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: