Главная » Yangiliklar » Rejisyor Saida Rametovani izza qildi!
Rejisyor Saida Rametovani izza qildi!

Rejisyor Saida Rametovani izza qildi!

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rejisyor Saida Rametovani izza qildi!
  • Дата релиза: 24-03-18, 16:35
Rejisyor Saida Rametovani izza qildi!
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Saida Rametova biz bilan bo`lgan suhbatda yoshligida sodir bo`lgan ta`sirli voqeani so`zlab berdi...

— Ko`p yillar oldin, nomini aytmayman, bir rejissyor ham juda qattiq dilimni og`ritgan. U paytlari turmush o`rtog`im bilan «Yosh gvardiyachilar» teatrida ishlardik. Teatrdagi etakchi aktrisalardan edim. Aziz hali yosh, isitmasi chiqib, tobi bo`lmayotgandi. Ishdaligimda rahmatli qaynonam bolamga qarab turardilar. Tanaffus payti uyga shoshildim, Azizni dorisini ichirib, holidan xabar olib, yana teatrga yugurdim. Bor-yo`g`i 2-3 daqiqaga kechikkandim o`shanda, rejissyorimiz esa hammani oldida izza qilgan. Vaholanki, o`zimdan o`tayotganini o`zim bilaman. Nimasi alam qilgan bilasizmi, aktrisalardan biri gap bilan meni o`yib-o`yib olgan. Rejissyorimizga uzrimni aytganman-u, ammo haligi aktrisaga qarata «Avval siz menga o`xshab turmushga chiqing, ikki farzand tug`ing, keyin gapirasiz», dedim. Tilingizdan otilib ketadimi? Ketadi (yig`lab)! Bir-birimizning oldimizda rol o`ynashimizning keragi yo`q, axir kimning qandayligini bilamiz-ku. Bu gaplarni hech kimga aytmagandim.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: