Главная » Yangiliklar » Rio—2016 Paralimpiadasining o‘zbekistonlik qahramoni Fotimaxon Amilova barcha turdagi medalga ega chiqdi
Rio—2016 Paralimpiadasining o‘zbekistonlik qahramoni Fotimaxon Amilova barcha turdagi medalga ega chiqdi

Rio—2016 Paralimpiadasining o‘zbekistonlik qahramoni Fotimaxon Amilova barcha turdagi medalga ega chiqdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rio—2016 Paralimpiadasining o‘zbekistonlik qahramoni Fotimaxon Amilova barcha turdagi medalga ega chiqdi
  • Дата релиза: 12-09-16, 12:35
Rio—2016 Paralimpiadasining o‘zbekistonlik qahramoni Fotimaxon Amilova barcha turdagi medalga ega chiqdi
Rio—2016 Paralimpiadasining suzish musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Fotimaxon Amilova delegatsiya uchun 3 ta medal taqdim etib ulgurdi. U festivalning ikkinchi kunida 100 metrga batterflyay usulida suzib, marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. Riodagi musobaqalarning uchinchi kunida Amilova 200 metrga kompleks usulida suzib, kumush medal sohibasiga aylandi. To‘rtinchi kunga kelib Fotimaxon Paralimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritdi. 100 metrga brass usulida suzishda o‘zbekistonlik sportchiga teng keladigani topilmadi. Fotimaxon Amilova bitta Paralimpiadada ham bronza, ham kumush, ham oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi. Suzuvchi kompleks va brass usulida suzishda jahon rekordini o‘rnatgan bo‘lib, komplesk usulida uning rekordini keyinchalik xitoylik sportchi yangiladi, deb yozildi MOQning Telegram kanalida. O‘zbekiston suzuvchisi Rio—2016 dagi ishtirokini yakunlagani yo‘q. U yana bir qator yo‘nalishlarda medallar uchun kurashni davom ettiradi.
Логин:
Пароль: