Главная » Yangiliklar » Rixsixon IBRO²IMOVA: “ChERNOBILDAN NURLANIB QAYTGANMAN”
Rixsixon IBRO²IMOVA: “ChERNOBILDAN NURLANIB QAYTGANMAN”

Rixsixon IBRO²IMOVA: “ChERNOBILDAN NURLANIB QAYTGANMAN”

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rixsixon IBRO²IMOVA: “ChERNOBILDAN NURLANIB QAYTGANMAN”
  • Дата релиза: 04-10-17, 12:10
Rixsixon IBRO²IMOVA: “ChERNOBILDAN NURLANIB QAYTGANMAN”
Guli, Jamila, Gavharshodbegim, Ofeliya, Kordeliya kabi bir qator bosh qahramonlar rollari tilga olinganda dramatik obrazlarni qiyomiga etkazib, katta joziba bilan o`ynaydigan, keng qamrovli aktrisa, O`zbekiston xalq artisti Rixsixon IBROHIMOVA yodga tushadi. "Darakchi" gazetasining "Kecha va bugun" loyihasi orqali ustoz san`atkor ortga nazar tashlab, umr va hayot yo`lini yodga oldi...

BOLALIK...

— 1937 yilning 29 dekabrida Toshkent shahrida ishchi oilasida tug`ilganman. Onam Mukaramaxon uy bekasi, otam Ismoilxo`ja Ibrohimov aviasiya
zavodida ishchi edi. Oilada asli 10ta farzand bo`lganmiz, biroq uchta bosh farzandlar yoshligida nobud bo`lishgan. Qolgan 4 qiz, 3 o`g`ilning to`rtinchisiman. 2003 yilda ukam Yo`ldoshxo`ja ham kutilmaganda yurak xuruji tufayli vafot etdi.

Otam bir o`zi oila boqib, etti farzandni oliy ma`lumotli qildi. Bolaligim urush yillariga to`g`ri kelgani bois non olish uchun erta tongdan navbatga turishga do`konga chiqib ketardik. Onam nonni to`qqizga bo`lib qo`yardi. Istasak, kechqurun hammasini eb, ertalab och o`tirardik O`zimizga tegishli bo`lagining qora bo`lsa, itga berardik.
Bolaligimga borib, yo`lda parrak nonni og`zimga solganimni ko`rgan otam “Itni nasibasi, emagin!” derdi. Bir xonali atrofi mato bilan o`ralgan
boshpanada yashardik. Opa-ukalar hammamiz ko`mir solingan ning atrofida Gohida boshimiz qorda qolib ketardi.

“KINO KO`RAMAN DEB, MEDALDAN QURUQ QOLGANMAN”

— 1945 yil opamga ergashib maktabga borganim yodimda. Opam esa onamga jahl bilan “Qizingiz ergashmasin, o`zim bilan olib ketmayman”, derdi. Lekin aytganimdan qolmay, matodan portfel tiktirib, ichiga siyohdon, kitob solib olgancha opam bilan maktabga ketardim. U vaqtlar juda qalin qor yog`ardi. Bizdan avval o`sha yo`ldan yurganlarning iziga oyoq bosib, qishin-yozin maktabgacha yayov yurib borardik. Maktabda opam ikkimizga gummadan kichikroq ichi qiyomli to`rtta “ponchik” berishardi. Ikkitasini eb, qolganini ota-onamizga ilinardik. Och qolmaslik uchun yonimda doim turshak olib yurardim. Chiroq bo`lmagani uchun fonus yoqib dars qilardik. Maktabda a`lo baholarga o`qirdim, she`r yodlashda usta edim. Shunda ustozim “Kelajakda san`atkor bo`lasan”, derdi. 10-sinfni tamomlash arafasi — ayni imtihon kuni dugonam bilan avvalgi “Vatan” kinoteatriga “Boy ila xizmatchi”ni ko`rishga borganmiz. Berilib ketib, imtihon yodimdan ko`tarilib ketgan. Shunda attestatimga matematika fanidan bitta 4 baho oralab qolgan va medal ololmaganman.

“ASLIDA ADABIYoT O`QITUVChISI BO`LMOQChI EDIM”

— Kasb tanlashga kelganda opamga ergashib hozirgi O`zbekiston Milliy universitetining Filologiya fakultetiga hujjat topshirganman. Uchta
imtihondan o`tgan ham edim. Shunday kunlarning birida otam “Maktabda sahnalashtirilgan spektakllarda bosh rollarni o`ynab yurarding. Istasang, A.N.Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomlik san`ati institutining aktyorlik fakulteti bor ekan”, deb tavsiya qildi.

Qiziqib borsam, bir domla nima yumush bilan borganimni so`radi. “Qiziqib keldim, aslida adabiyot o`qituvchisi bo`lmoqchiman”, dedim. Domla biror nima aytib berishimni so`radi. Shunda “Bo`ri va qo`zichoq” ertagini aytib berganimni bilaman “Sen san`atkor bo`lasan”, dedi. Shu tariqa hujjatlarimni
shu institutga topshirib, imtihonlardan a`lo baholar bilan o`tganman. Maktabda jamoat ishlarida faol bo`lganim bois institutda ham tezda nazarga tushdim.
“AKAM AKTRISA BO`LGANIMDAN HALIGAChA NOROZI"

— O`zbekiston xalq artisti Qudrat Xo`jaev kurs rahbarimiz edi, aktyorlik mahoratidan dars berardi. 1955 yil ustoz san`atkor Olim Xo`jaev
rafiqasi Shohida Mag`zumova bilan hozirgi O`zbek Milliy akademik drama teatrida “Paranji sirlari”ni sahnalashtirishgan va menga Mahmuda roli nasib qilgan. Epizod bo`lsa ham ilk bor sahnaga chiqqanimda, o`zimni yo`qotib qo`yib, qaltiraganim yodimda. 1957 yilda teatrda Toshxo`ja Xo`jaev tomonidan Komil Yashinning “Yo`lchi yulduz” dramasi sahnalashtirildi. Spektakldagi bosh rollardan biri — Gulasal menga topshirilgan. Shu rolim orqali nazarga tusha boshlaganman. Mazkur rolim uchun 1957 yilda Moskvada bo`lib o`tgan Yoshlar festivalining sovriniga sazovor bo`lganman. Shukr, bugungi kungacha katta-katta asarlardagi barcha bosh qahramonlarni ijro etish nasib qilgan baxtli aktrisalardan biriman.
Televidenieda ilk bor jonli ijroda “Vanya tog`a” spektakli bilan ekranga chiq qanmiz. Ketma-ket telespektakllarda ishtirok etganman.

Shunda aktrisa eka nimdan bexabar akam meni televizorda ko`rgach, uyda katta janjal bo`lgandi. Otam o`zi ruxsat berganini aytib, yonimni olgani yodimda. Akam haligacha “Aktrisa bo`lishing kerak emasdi-da”, deb hazillashadilar. Lekin ijroimdagi rollarni ko`rganida, “O`shanda bekor urishgan ekanman”, deydilar. Televidenie da uzoq yillar “Otalar so`zi — aqlning ko`zi” ko`rsatuvida ham qatnashganman. 60 yildan oshiq sahnada bo`lsam ham, akamning “Farqingni qiyshiq ochmaysan, tirnog`ingni bo`yamaysan!” degan talabini eslab kulaman. Hozirgi imidjim balki yoshlikdan o`rganish bo`lib qolgandir (kuladi). Ustozim Damir Shokirov O`zbekiston radiosidagi faoliyatimga sababchi bo`lgan. 1950-1975 yillarda O`zbekiston xalq artisti Surat Po`latov bilan “Yoshlik”, “Tabassum” radiojurnallarini, o`zim mustaqil ravishda “Dugonalar” radioeshittirishida boshlovchilik qilganman. Kino san`atida ham samarali mehnat qildim. 500dan ortiq badiiy filmlarning dublyajida faol qatnashdim, qator badiiy filmlarda suratga tushdim. Bir vaqtning o`zida san`atning hamma sohasida band bo`lib, dars qoldirganimda domlalardan dakki eshit gan vaqtlarim ham bo`lgan (kuladi).
“USTOZ SAN`ATKORLAR BILAN IShLAShDAN HAYIQMANG!”

— Ochig`i, avvallari xususiy filmlarni ko`rib, juda xafa bo`lardim. Bugungi kunga kelib, filmlarimiz saviyasi ancha oshdi. Yaqinda yosh ijodkorlar suratga olgan qisqa metrajli filmlarni ko`rib, ko`nglim tog`dek ko`tarildi. Demak, o`zbek kinosining kelajagi ishonchli qo`llarda.
Ular kino, bu — pul ishlash manbai emas, balki dolzarb mavzularni katta ekranga olib chiqib, ma`naviyat uchun xizmat qilish kerakligini tushunib etishgan. Biroq bugungi kun teatrining og`riqli nuqtasi — dramaturgiya oqsagani. Ibrat koshonasida shunga yarasha “yuk”i bor asarlar sahnalashtirilishi kerak. Maishiy mavzularga o`ralashib qolishning kelajagi yo`q. Ko`ngildagidek asarlar yo`qligi bois mumtoz asarlarni sahnalashtirish bilan cheklanyapmiz. Rejissyorlar borasida ham oqsash bor. To`g`ri, institutni tamomlab ishga kelgan umidli rejissyorlar yo`q
emas. Biroq ular teatrimizning mavqeini yanada ko`tara oladigan darajada tajribali, deya olmayman. Teatr, bu — “laboratoriya”.

Har bir ijodkor shu “laboratoriya”da shakllanadi. Lekin rejissyor salohiyati orqali barcha masalaga sinchkovlik bilan yondasha bilishi shart. Masalan, ustoz san`atkorlarni ishlata olishi ham muhim jarayon. Yosh kino va teatr rejissyorlari katta-katta aktyorlarni film yo spektaklga chaqirishdan hayiqadi. Afsuski, ba`zi ustoz aktyorlar ularga bepisand munosabatda bo`ladi va shu sabab ko`ngildagidek natija kelib chiqmaydi. Masalan, “Mahallada duv-duv gap”, “Tohir va Zuhra”, “Alisher Navoiy” kabi filmlarda epizod rollarda ham ustoz san`atkorlar suratga tushgan. Demoqchimanki, “yosh rejissyorlar, katta-katta aktyorlar tajribasidan unumli foydalanishdan qo`rqmang! Taklifimni qanday qabul qilarkan?”
deya cho`chimang, aksincha jur`at sabab ishingizga nisbatan mas`uliyat bilan yondashish yuqori bo`ladi. Tajribali kino rejissyorlaridan Ibrohim
Rasulov, Hilol Nasimov, Zulfiqor Musoqovning ijodini hurmat qilaman. Iste`dodi, tajribasi yuqori aktyorlarimiz talaygina, lekin
ularni “yuk”i bor asarda band qiladigan rejissyor kam. Shu sabab aktyorlar mayda rollar bilan band bo`lib qolishyapti.

O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutini tamomlagan yoshlardan “Teatr sohasida ishlayman”, deganlari deyarli yo`q. “Falon teatrdan zo`r rejissyor chiqibdi-ya!” degan gapni ham eshitmayapmiz. Lekin tajriba o`z “so`z”ini aytib, ijobiy natijalar kuzatilishiga ishonaman.
“TURMUSh O`RTOG`IM BILAN TANIShUVIMIZ TASODIFIY EMAS”

— Turmush o`rtog`im san`atdan yiroq inson emas. Teatrimizning qurilishida ishtirok etgan, keyinchalik muhandis sifatida ishda olib qolishgan ekan. Har kuni grimxonamda ovqat paydo bo`lib qolardi. Bir kuni idishni olgani kirib qoldi. Shunda kimligini so`rab, tanishib qolganmiz. Kunlarning birida “Uyingizga kuzatib qo`yay”, degan.

Yo`lda suhbatlasha turib, turmush qurish taklifini bildirgan. Keyin bilsam, onasining ismi ham Rixsixon bo`lgani bois menga bo`lakcha mehr qo`ygan ekan. Taqdir ekan, Dalilxon aka bilan oila qurdik. Yagona farzandimiz A`zamxo`ja kompyuter muhandisligi sohasini tanladi. Oilali, kelinim avvalgi “Uy vazifasi” ko`rsatuvining boshlovchisi Hilolaxon. Ikkita nabiram bor:
Ilyosxo`ja, Amina. Turmush o`rtog`im 2004 yil yurak xuruji bilan vafot etgan...

FAKT:

►19771977 yil O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist” “unvoniga ega bo`lgan.
►19791979 yilda “O`zbekiston xalq artisti” unvoni berilgan.
►19971997 yil “Mehnat shuhrati” ordeniga sazovor bo`lgan.
►20012001 yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan taq dirlangan.
►Rixsi Ibrohimova faol jamoatchi. U 1960-701960-70-yillarda Xalq deputatlari tuman kengashi deputati bo`lgan. Teatr ijodkorlari uyushmasi va uning badiiy kengashi a`zosi, Kasaba uyushmasi boshqaruv kengashi a`zosi, shahar xotin-qizlar, nuroniy jamg`armasi kengashining byuro a`zosi.
►Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda madaniy xizmatlari bilan qatnashgan 1111 kishilik san`atkorlar orasida aktrisa ham bor edi. Qaytgach, nurlangani ma`lum bo`lib, 1987, 19911987, 1989, 1991 yillar og`ir jarrohlik operasiyalarini boshdan kechirgan.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: