Главная » Yangiliklar » Rossiya prezidentligiga 60 kishi da’vogarlik qilmoqda
Rossiya prezidentligiga 60 kishi da’vogarlik qilmoqda

Rossiya prezidentligiga 60 kishi da’vogarlik qilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiya prezidentligiga 60 kishi da’vogarlik qilmoqda
  • Дата релиза: 02-01-18, 22:29
Rossiya prezidentligiga 60 kishi da’vogarlik qilmoqda
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga nomzod ilgari surish bo‘yicha 60 ta bildirishnoma oldi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

MSK a’zosi Yevgeniy Shevchenkoga ko‘ra, komissiya mustaqil nomzodlardan hujjatlarni 7-yanvar, partiya nomzodlaridan esa 12-yanvar yarim tungacha qabul qilib oladi.

60 ta bildirishnomadan 21 tasi siyosiy partiyalardan olindi. Ulardan birining nomzodi — LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy rasman ro‘yxatga ham olindi.

Shevchenko nomzodlar ko‘pligini taqdim etiladigan imzolar sonining kamaygani va o‘tgan saylovlarga nisbatan partiyalar soni oshgani bilan izohladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: