Главная » Yangiliklar » Rossiyada paydo bo‘lgan 60 metrli ulkan chuqur katta shov-shuvga sabab bo‘ldi
Rossiyada paydo bo‘lgan 60 metrli ulkan chuqur katta shov-shuvga sabab bo‘ldi

Rossiyada paydo bo‘lgan 60 metrli ulkan chuqur katta shov-shuvga sabab bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyada paydo bo‘lgan 60 metrli ulkan chuqur katta shov-shuvga sabab bo‘ldi
  • Дата релиза: 19-07-14, 01:51
Rossiyada paydo bo‘lgan 60 metrli ulkan chuqur katta shov-shuvga sabab bo‘ldi

Internetda Rossiyaning Yamal yarimorolida paydo bo‘lgan 60 metr (ba’zi manbaalarda — 80 metr) diametrli chuqurning video va suratlari tarqalib, turli shov-shuvga sabab bo‘ldi. Hozirda olimlar mazkur chuqurning texnogen ta’sir yoki kosmik jism qulaganining natijasida paydo bo‘lgani haqidagi ehtimolni o‘rganib chiqmoqda.

Chuqur o‘tgan hafta vertolyot bortidan ko‘zga tashlangan. 10-iyul kuni YouTube’ga joylangan ulkan chuqurning videolavhasini hozirga qadar besh milliondan ziyod kishi ko‘rishga ulgurdi.

Yamal yarimorolidagi chuqur.


Chuqurni o‘rganish uchun yuborilgan birinchi ekspeditsiya vakillaridan biri Rossiya Fanlar akademiyasiga qarashli Yerning kriosferasi instituti bosh ilmiy xodimi Marina Leybman u yerda odam va texnikaning izlari yo‘q ekanligini aytdi. U issiq meteorit qulagan bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrning ham dalillari yo‘qligini ta’kidladi. “Bu yerda suv oqimining izlari bor. Biroz suv to‘plangan”, — deydi xodim.

Yamal yarimorolidagi chuqur.


Subarktika ilmiy-o‘quv poligonining ijro etuvchi rahbari Anna Kurchatova esa yer ostida unchalik kuchli bo‘lmagan portlash sodir bo‘lganligi ehtimolini ilgari surdi.

Qisqa muddatda OAVlarda ham, internet tarmog‘ida ham chuqurning kelib chiqishiga doir turli taxminlar tarqaldi. Ayrimlar chuqur o‘zga sayyoraliklar mavjudligidan darak berayotganini aytgan bo‘lsa, boshqa bir foydalanuvchi Rossiya o‘zining yangi ommaviy qirg‘in qurolini sinovdan o‘tkazayotgani haqida izoh qoldirgan. Biroq hozircha chuqurning paydo bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Логин:
Пароль: