Главная » Yangiliklar » Rossiyada viruslardan himoyalangan planshet yaratildi
Rossiyada viruslardan himoyalangan planshet yaratildi

Rossiyada viruslardan himoyalangan planshet yaratildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyada viruslardan himoyalangan planshet yaratildi
  • Дата релиза: 19-06-16, 13:07
Rossiyada viruslardan himoyalangan planshet yaratildi
Rossiyaning TKK-M kompaniyasi viruslardan himoyalangan TrusTPad planshetini ishlab chiqdi, deb yozadi “RBK” kompaniya bosh direktoriga tayanib. Planshet ikkita — Linux operatsion tizimi bazasidagi himoyalangan rejim va Android bazasidagi oddiy rejimda ishlaydi. TKK-M planshetni 18-iyun, shanba kuni Peterburg xalqaro iqtisodiyot forumi yalpi majlislaridan birida potensial investorlarga taqdim etadi. “Agar kompyuter read-only (faqat o‘qish uchun) rejimida ishlayotgan bo‘lsa, unga hech narsa yozib bo‘lmaydi, shuning uchun, agar virus kompyuterning tezkor xotirasiga kirib qolsa, u qurilmaga yozib olinmaydi”, — dedi planshet uchun asos qilib olingan “yangi Garvard arxitekturasi” texnologiyasi muallifi, TKK-M egadoshlaridan biri Valeriy Konyavskiy. Uning aytishicha, xakerlar qurilmaga masofadan turib ta’sir o‘tkaza olmaydi, planshetga virus yuqtirib bo‘lmaydi. Bir rejimdan ikkinchi rejimga o‘tish planshet korpusida joylashgan tugma orqali amalga oshiriladi. Mahsulot narxi 39 ming rublni tashkil etadi.
Логин:
Пароль: