Главная » Yangiliklar » ​ROSSIYaGA IShLAShGA KETAYoTGANLARDAN RUS TILIDAN IMTIHON OLISh MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
​ROSSIYaGA IShLAShGA KETAYoTGANLARDAN RUS TILIDAN IMTIHON OLISh MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

​ROSSIYaGA IShLAShGA KETAYoTGANLARDAN RUS TILIDAN IMTIHON OLISh MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​ROSSIYaGA IShLAShGA KETAYoTGANLARDAN RUS TILIDAN IMTIHON OLISh MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
  • Дата релиза: 11-10-17, 14:03
​ROSSIYaGA IShLAShGA KETAYoTGANLARDAN RUS TILIDAN IMTIHON OLISh MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari E.Muxitdinov boshchiligidagi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi delegasiyasi 2017 yil 4 oktyabr kuni Moskva shahrida A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazdi. Delegasiya tarkibida, shuningdek, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi rahbari X.Asamov va Agentlik xodimlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Pushkin instituti tomonidan mazkur oliy ta`lim muassasasining rektori M.N.Ruseskaya, institutning iqtisodiy masalalar va ma`muriy-xo`jalik faoliyati bo`yicha prorektori A.M.Volakin, Test sinovidan o`tkazish va ijtimoiy-madaniy moslashuv markazi direktori O.A.Rachenko, institutning xalqaro aloqalar bo`yicha maslahatchisi V.M.Kosteva ishtirok etdi, deb xabar beradi, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati.

E.Muxitdinov “til – bu bilimlarga eltuvchi yana bir kalit” ekanini ta`kidladi. Ushbu institutning faoliyati va tarixi O`zbekistonda barchaga yaxshi ma`lum ekani, rus tili O`zbekiston Respublikasida ikkinchi xorijiy til ekanini aytib o`tdi. U, shuningdek, Farg`onada Mehnat migrantlarini ketish oldidan tayyorlash va Rossiya Federasiyasiga jo`natish markazini tashkil etishda Pushkin instituti alohida ahamiyat kasb etishini aytib o`tdi.

Ma`lumki, Mehnat migrantlarini huquqiy qo`llab-quvvatlash Assosiasiyasi va Agentlik tomonidan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy tarzda yollash va ishga jo`natish to`g`risida imzolangan Bitimni amalga oshirish doirasida hamda 2017 yil 17 iyulda Farg`onada Mehnat migrantlarini ketish oldidan tayyorlash va Rossiya Federasiyasiga jo`natish bo`yicha hamkorlikda Markaz tashkil etish to`g`risida imzolangan Memorandum asosida A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini rus tili bo`yicha to`liq imtihon qilish bo`yicha hamkor sifatida belgilangan.

Institut rektori M.Ruseskaya O`zbekistonga tashrif buyurish va Farg`onada 2017 yilning noyabr oyi yakuniga mo`ljallangan mazkur Markazning tantanali ochilish marosimida ishtirok etish niyatida ekanini ma`lum qildi. U, shuningdek, Farg`ona davlat universiteti bazasida rejalashtirilayotgan Hamkorlik, rus tili o`qituvchilarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazining ochilishi haqida ham so`zlab o`tdi.

O`zbekiston tomoni mamlakat rahbariyati tomonidan tashqi mehnat migrasiyasi masalalarini rivojlantirishga ko`rsatilayotgan alohida e`tibor, Respublika Hukumati tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlar haqida axborot berdi.

M.Ruseskaya Pushkin institutining O`zbekistondagi faoliyati keng va sermahsul bo`lishi lozimligi, maktablarda rus tilidan dars berish uchun, oliy o`quv yurtlarining rus tili filologiyasi kafedralarida pedagoglarning malakalarini oshirish hamda chuqurlashtirilgan rus tilini o`rganishga bag`ishlangan tadbirlar uyushtirish singari ilmiy hamkorlikning turli shakllarini o`z ichiga qamrab olishi zarurligini ta`kidladi. O`zbekistonda rus tilini bilish darajasi juda yuqori ekanini e`tirof etish bilan birga, u, ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olishga zarur bo`ladigan tegishli sertifikatlarni qo`lga kiritish uchun bo`lib o`tadigan majmuaviy (kompleks) imtihonlarning o`tkazilish tartibi haqida ma`lumot berdi. Ya`ni bu imtihonlardan oldingi jarayonlar – imtihonlarni topshirish, video orqali qayd etish, barcha ishlar, avtomatizasiyalashtirilgan jarayonlarni testerlar yordamida tekshirib ko`rishdan iboratdir.

Test sinovidan o`tkazish va ijtimoiy-madaniy moslashuv markazi direktori O.A.Rachenko Rossiya Federasiyasi tarixi va qonunchiligini o`rganishga mo`ljallangan amaliy materiallarning o`zbek tiliga tarjimasi yakunlanganini ma`lum qildi. U pedagogik tarkibni qayta tayyorlash uchun ikki hafta zarurligi, nomzodlarning o`zlarini tayyorlash uchun esa taxminan ikki oy kerakligini ta`kidladi.

Mehnat migrantlarini huquqiy qo`llab-quvvatlash Assosiasiyasi Prezidenti Yu.Sluskaya Farg`onada tashkil etiladigan Markazda test sinovlarini o`tkazish uchun qo`llaniladigan uskunalar tayyorlab qo`yilgani va ikki hafta ichida foydalanishga topshirilishini ma`lum qildi.

Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi rahbari X.Asamov Farg`onada mazkur Markazning tez fursatlarda ochilishi uchun Agentlik tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilganini aytib o`tdi. U barcha savollar bo`yicha yaqin kelajakdagi harakatlar algoritmini ishlab chiqish bo`yicha hamkorlikka har jihatdan tayyor ekanini ma`lum qildi.

Uchrashuv davomida rus tilining elektron rusurslaridan foydalanish va joriy qilish (tilni nolinchi (A1) darajadan (S2) darajasiga qadar takomillashtirishga ko`maklashuvchi eng malakali rus tili o`qituvchilari tomonidan maxsus tanlab olingan darslar, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federasiyasiga ketishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolari uchun rus tili kurslarini tashkil qilish, rus tilini mobil ilovalar va sms-tarqatmalar yordamida o`rganish, masofaviy test sinovlari(ikki tilda so`zlashuvchi bolalar uchun test sinovlari)ni o`tkazish masalalari muhokama qilindi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: