Главная » Yangiliklar » Rossiyalik erkak xotini va uch qizini yoqib yubordi
Rossiyalik erkak xotini va uch qizini yoqib yubordi

Rossiyalik erkak xotini va uch qizini yoqib yubordi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyalik erkak xotini va uch qizini yoqib yubordi
  • Дата релиза: 27-11-17, 19:58
Rossiyalik erkak xotini va uch qizini yoqib yubordi
Rossiyaning Tomsk viloyatida bir erkak xotini va uch qizini yoqib yubordi. Bu haqda hudud bo‘yicha tergov qo‘mitasi saytida aytiladi.

26-noyabr kuni kechki payt Shegarskiy tumanidagi Markelovo qishlog‘ida istiqomat qiluvchi er-xotin o‘rtasida janjal chiqqan, shunda erkak ayolning ustidan oson alangalanuvchi suyuqlikni quyib yuborgan. Boshlangan yong‘in tufayli 28 yoshli ayol halok bo‘lgan, shuningdek, 1, 5 va 6 yoshli uch qiz ham yong‘in natijasida nobud bo‘lgan.

Gumonlanuvchi va uydagi mast mehmon kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga tushdi, ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: