Главная » Yangiliklar » Rossiyalik qiz Youtube yordamida 60 kiloga ozdi
Rossiyalik qiz Youtube yordamida 60 kiloga ozdi

Rossiyalik qiz Youtube yordamida 60 kiloga ozdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyalik qiz Youtube yordamida 60 kiloga ozdi
  • Дата релиза: 28-03-17, 11:38
Rossiyalik qiz Youtube yordamida 60 kiloga ozdi
23 yoshli rossiyalik Jenya Materi bolaligidanoq ortiqcha vazn bilan kurashardi. U 8 yoshida semirib ketgan edi.

“Men 8 yoshimda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandim. Shundan so`ng gormonal o`zgarishlar tufayli ozg`ingina qizdan tengdoshlari kalaka qiladigan semiz qizga aylandim. Vaznim 70 kilogramni tashkil etardi”, — deydi Jenya.

Vaqt o`tgan sayin Evgeniyaning ahvoli tobora yomonlashardi. U texnikumga o`qishga kirgan paytida vazni 90, talabalik paytida esa 127 kilogrammni tashkil etdi. Ortiqcha vazn Evgeniyaga nafas olishning qiyinlashishi, bel va elkadagi og`riqlar kabi noqulayliklarni olib keldi.

Evgeniya bir necha marta parhez tutdi, natija bo`lmadi. Yo`qotilgan kilogrammlar tezda qaytib kelaverdi.

Evgeniya ortiqcha vazn muammosini qanday qilib bo`lsa ham hal qilish kerakligi haqida o`ylardi. Shunda YouTube videoxostingi unga yordamga keldi. Evgeniya ortiqcha vazn bilan kurashgan yuzlab ayollar qanday qilib ozgani haqidagi ko`plab videoroliklarni tomosha qildi va ulardan o`rnak olishga qaror qildi. Qiz zudlik bilan to`g`ri ovqatlanishga o`tirdi va ko`proq vaqtini sportga bag`ishladi. U qovurilgan, yog`li va tuzli ovqatlardan voz kechdi. Bundan tashqari, haftada ikki kun davomida faqat mevalar iste`mol qilib, organizmni tozalash bilan mashg`ul bo`ldi.

Kutilgan natijaga tezroq erishish uchun Jenya yugurish bilan ham shug`ullana boshladi.

Mana shunday hayot tarzidan so`ng bir yil o`tib, Evgeniya 60 kilogrammga ozdi. Hozirda uning vazni 67 kilogrammni tashkil etadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: