Главная » Yangiliklar » Rossiyaning Biysk shahrida to‘rt yoshli bola beshinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi
Rossiyaning Biysk shahrida to‘rt yoshli bola beshinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi

Rossiyaning Biysk shahrida to‘rt yoshli bola beshinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyaning Biysk shahrida to‘rt yoshli bola beshinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi
  • Дата релиза: 14-06-16, 22:22
Rossiyaning Biysk shahrida to‘rt yoshli bola beshinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi
Rossiyaning Biysk shahrida 12-iyun, yakshanba kuni to‘rt yoshli bola beshinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining Oltoy o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. “Biysk shahridagi turar-joylardan biridagi kvartiraning beshinchi qavatidan to‘rt yoshli o‘g‘il bola qulab tushdi. Qulash oqibatida bolada shikastlanishlar qayd etildi va u tibbiy muassasaga yetkazildi. Hozirda uning hayoti va sog‘ligiga hech narsa xavf tug‘dirmayapti”, — deyiladi boshqarma xabarida. Ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning onasi uni biroz muddat derazasi ochiq xonada qoldirgan va boshqa xonaga chiqqan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, uning natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Логин:
Пароль: