Главная » Yangiliklar » Ruhshona “The cover up” loyihasini tark etdi
Ruhshona “The cover up” loyihasini tark etdi

Ruhshona “The cover up” loyihasini tark etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ruhshona “The cover up” loyihasini tark etdi
  • Дата релиза: 03-04-17, 20:23
Ruhshona “The cover up” loyihasini tark etdi
Xonanda Ruhshona “Zo`r Tv” telekanalida efirga uzatilayotgan “The cover up” loyihasida boshqa ishtirok etmaydi. Bu haqda xonanda Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi.

“Aziz muxlislar! “The cover up” loyihasidan ketmasligim yuzasidan ko`p savollar va iltimoslar tushayapti. Bu loyihaga raqobat uchun kelmaganman! O`zimni sinash uchun keldim va o`zimga kerakli maslahatlarni oldim. Men barchangizni hurmat kilaman, lekin bu loyihada ishtirok eta olmayman! Sababi qo`shiqni o`zlashtirish tugul, uning so`zlarini yodlashga vaqt yuk. Bolajonlarim hali kichkina, s`yomka va tayyorgarliklarga ko`p vaqt kerak! Ovoz berayotganingiz uchun rahmat! Telegram tarmog`ida Ruhshonani koldirishni xohlaysizmi , deb ovozga ham qo`yishibti. Ammo men loyihadan ketib bo`ldim! Tushunganingiz uchun rahmat”,—deb yozadi Ruhshona.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: