Главная » Yangiliklar » Ruslan Chagayev: Makgregorni o‘zbekistonlik bokschilar ham nokautga uchrata oladi
Ruslan Chagayev: Makgregorni o‘zbekistonlik bokschilar ham nokautga uchrata oladi

Ruslan Chagayev: Makgregorni o‘zbekistonlik bokschilar ham nokautga uchrata oladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ruslan Chagayev: Makgregorni o‘zbekistonlik bokschilar ham nokautga uchrata oladi
  • Дата релиза: 20-05-17, 22:23
Ruslan Chagayev: Makgregorni o‘zbekistonlik bokschilar ham nokautga uchrata oladi
Super-og‘ir vaznda jahonning sobiq chempioni hisoblangan Ruslan Chagayev “Olamsport” nashri bilan suhbatda bo‘ldi. Uning davomida o‘zbekistonlik bokschi ko‘pchilik orziqib kutayotgan Floyd Meyvezer hamda Konor Makgregor o‘rtasidagi jang borasida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Ushbu jangda Konor Makgregorda imkoniyat deyarli yo‘q. Chunki u aralash qoidalar jangchisi. Bunda sportchilar asosan sobiq kurashchilar bo‘ladi.

Agar rosmana jang bo‘lsa, Meyvezer birinchi raunddayoq Konorni nokautga uchratadi. Agar tashkilotchilar shou tashkil qilishni rejalashtirgan bo‘lsa, tomosha cho‘zilishi ham mumkin.

Ruslan Chagayev, bokschi

Chagayevning qayd etishicha, bir necha yillardan buyon boks bilan shug‘ullanadigan sportchining imkoniyati, bu sport turiga endigina kirib kelayotganinikidan ancha yuqori bo‘ladi.

Boks qoidasi asosida o‘tadigan jangda Makgregorni O‘zbekiston chempioni bo‘lgan bokschilar ham nokautga uchrata oladi.

Ruslan Chagayev, bokschi
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: