Главная » Yangiliklar » Ruslan Chagayev: “Men o‘zbekistonlikman! Reglament bo‘yicha O‘zbekiston madhiyasi yangrashi kerak edi”
Ruslan Chagayev: “Men o‘zbekistonlikman! Reglament bo‘yicha O‘zbekiston madhiyasi yangrashi kerak edi”

Ruslan Chagayev: “Men o‘zbekistonlikman! Reglament bo‘yicha O‘zbekiston madhiyasi yangrashi kerak edi”

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ruslan Chagayev: “Men o‘zbekistonlikman! Reglament bo‘yicha O‘zbekiston madhiyasi yangrashi kerak edi”
  • Дата релиза: 09-07-14, 01:23
Ruslan Chagayev: “Men o‘zbekistonlikman! Reglament bo‘yicha O‘zbekiston madhiyasi yangrashi kerak edi”
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Ruslan Chagayev yaqinda Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan jangda puerto-rikalik bokschi Fres Okendo ustidan g‘alaba qozonib, WBA yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Ushbu jangdan oldin Ruslan Chagayev sharafiga Rossiya madhiyasi yangragani turli gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi, deb yozadi Uff.uz. Ko‘pchilik Chagayev Rossiya fuqaroligini olganligi haqida fikr bildirdi.

Biroq hamyurtimizning o‘zi bu gap-so‘zlarni rad etib chiqdi. U Rossiyaning Sovsport.ru saytiga bergan intervyusida bu haqda gapirib o‘tdi.

“Jangdan oldin Sizning sharafingizga Rossiya madhiyasi yangragani ko‘pchilikni ajablantirdi. Siz fuqaroligingizni o‘zgartirdingizmi yoki bu jang tashkilotchilarining g‘oyasimidi?”, — degan savolga javoban, Chagayev fuqaroligini o‘zgartirmaganini ta’kidladi. “Men O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib qolaman. Jang Rossiyada bo‘layotgani tufayli tashkilotchilar shunday yo‘l tutishga qaror qilishdi, — dedi u. — Buning ustiga men ushbu jangga Grozniydagi “Ahmat” klubida tayyorgarlik ko‘rdim. Ammo reglament bo‘yicha O‘zbekiston madhiyasi yangrashi kerak edi”.
Логин:
Пароль: