Главная » Yangiliklar » Ruslan Sharipov “zapret”ga uchrashi, giyohvand moddalar sotganlikda ayblanishi va ichkilikka bog`lanib qolgani haqida(Eksklyuziv)
Ruslan Sharipov “zapret”ga uchrashi, giyohvand moddalar sotganlikda ayblanishi va ichkilikka bog`lanib qolgani haqida(Eksklyuziv)

Ruslan Sharipov “zapret”ga uchrashi, giyohvand moddalar sotganlikda ayblanishi va ichkilikka bog`lanib qolgani haqida(Eksklyuziv)

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ruslan Sharipov “zapret”ga uchrashi, giyohvand moddalar sotganlikda ayblanishi va ichkilikka bog`lanib qolgani haqida(Eksklyuziv)
  • Дата релиза: 17-04-17, 14:52
Ruslan Sharipov “zapret”ga uchrashi, giyohvand moddalar sotganlikda ayblanishi va ichkilikka bog`lanib qolgani haqida(Eksklyuziv)
Bundan bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ruslan Sharipovning suratlari tarqaldi. Bu suratlar anchadan beri ko`rinmay qolgan xonandaning muxlislari o`rtasida keng muhokamalarga sabab bo`ldi.

Ruslan Sharipov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ko`pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

“Bizni oldinda nimalar kutayotgani hech qachon bilmaymiz. Bo`lib o`tganlarning hammasi men uchun sinov bo`ldi, deb qabul qilyapman. Faol ijodiy faoliyat yuritayotgan vaqtimda kutilmagan zarbalarni ola boshladim. Bulardan birinchisi, xorijiy telekanallarga noto`g`ri ma`lumotlar aytib, intervyu berganlikda ayblandim va televidenie efirlaridan olib tashlandim. Keyinchalik surishtirish ishlarida ma`lum bo`ldiki, aslida intervyu bergan inson men bilan ism-familiyasi bir xil degan jurnalist yigit ekan. Keyingi mish-mishga ko`ra, men giyohvand modalari bilan savdo- sotiq qilganim uchun qamalgan ekanman... Bu tuhmatlarga oydinlik kiritilgunga qadar yana ekranga chiqmadim. Birovlar o`ylab topgan yolg`on gaplar qurboniga aylanganim menga qattiq ta`sir qildi. Ustiga-ustak “Xo`ja” guruhi bilan birgalikda boshlagan ishlarimiz ham ortga keta boshladi. Qo`shiq yozib, ijod qilamiz, degan orzu-havasda ochgan ovoz yozish studiyasining ishi o`xshamadi. Xullas, tadbirkorligimiz ayrim sabablarga ko`ra kasodga uchradi. Ijodkor inson bu kabi ketma-ket omadsizliklarni ko`tara olmas ekan. Tushkunlikka tushib, ichkilikka bog`lanib qoldim. Irodamning biroz bo`shligi sabab qaddimni tik tutolmadim”,—deydi Ruslan Sharipov.

Ruslan Sharipov bilan eksklyuziv intervyuni “Darakchi” gazetasining 20 aprel, payshanba kuni sotuvga chiqariladigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: