Главная » Yangiliklar » ​Samarqandda 4 yoshli bolaning qo`lini go`shtqiymalagich qisib qoldi
​Samarqandda 4 yoshli bolaning qo`lini go`shtqiymalagich qisib qoldi

​Samarqandda 4 yoshli bolaning qo`lini go`shtqiymalagich qisib qoldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Samarqandda 4 yoshli bolaning qo`lini go`shtqiymalagich qisib qoldi
  • Дата релиза: 27-06-17, 13:53
​Samarqandda 4 yoshli bolaning qo`lini go`shtqiymalagich qisib qoldi
2017 yil 24 iyun kuni Kattaqo`rg`on tumani Payshanba shaharchasi Navoiy mahallasida yashovchi 4 yoshli A.Ibragimov ota-onasining e`tiborsizligi tufayli elektr go`shtqiymalagich oldida o`ynab o`tirgan vaqtida qo`lini go`shtqiymalagich qisib qoladi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Shundan so`ng, A.Ibragimovning ota-onasi uni darhol RShTTYoM Samarqand viloyati filialiga olib borishadi. Shifokorlar bemorni ko`rib yordam ko`rsata olmasligini aytib Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat etishni tavsiya qilishadi.

Bolaning qo`lini go`shtqiymalagichdan chiqarib olish maqsadida, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi shifokorlar bilan hamkorlikda temir go`shtqiymalagich bolgarka yordamida kesib, A.Ibragimovni o`ng qo`lini chiqarib olishda amaliy yordam ko`rsatishdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: